Yoqubova Sevara Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lingvistik ekspertizada anonim xatlarning shaxs yoshiga xos xususiyatlarini aniqlash”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2147.  
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Islomov Ikrom Xushboqovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01. 
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Muhabbat Matyoqubovna, filologiya fanlari doktori; Abdurahmonov Shavkat Ashurovich, filologiya fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anonim xatlar lingvistik ekspertizasida muallifning yoshini aniqlash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvistik ekspertiza uchun anonim xatlarda muallifning taxminiy yoshini aniqlashda lingvistik belgilarning muhim omil bo‘lib xizmat qilishi, nutqda noadabiy birliklarning yuzaga kelishiga ta’sir o‘tkazuvchi omillar va ularning shaxs yoshiga muvofiq qo‘llanilishi dalillangan; 
ijtimoiy tarmoqlar, qo‘lyozma matnlarda qo‘llanilish chastotasi yuqori noadabiy leksik birliklarning shaxs yoshiga muvofiq xoslanishi ochib berilgan; 
noadabiy leksik, grammatik, fonografik birliklarning yosh kategoriyasi bo‘yicha yuqoridan quyiga miqdor va foiz ko‘rsatkichlarida kamayib borishi, noadabiy lug‘aviy va sintaktik shakllarning qo‘llanilishida yosh kategoriyasining bevosita ta’sir qilishi dalillangan va grammatik unsurlar 4 yosh toifasida tizimlashtirilib, noadabiy leksik, grammatik, fonografik vositalarning 4 guruhdagi (12-20, 21-30, 31-40, 50 va undan yuqori) yosh toifasida tajriba va kuzatishlar xulosalari asosida maxsus katalogi yaratilgan; 
fonografik holatlarda shaxsning yosh ko‘rsatkichi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmasligi dalillanib, tajriba-sinov ishlari orqali isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lingvistik ekspertiza uchun anonim matnlardagi noadabiy birliklarning shaxs yoshiga xoslanishi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
lingvistik ekspertizaning bugungi kundagi amaliy tilshunoslik va sud-huquq tizimidagi ahamiyati masalasiga oydinlik kiritish, lingvistik ekspertizaning bir obyekti sanalgan anonim xatlarda nutqning xoslanishi, nutqiy vaziyatni yuzaga keltiruvchi omillar va ushbu omillarni tilshunoslikdagi nazariyalar asosida lingvistik ekspertiza qilishga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2021 yil 14 oktyabr` kuni namoyish qilingan “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Bugunning gapi” ko‘rsatuvi dasturlar ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2021 yil 10 dekabrdagi 01-16/259-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy tilshunoslik va sud-huquq tizimida lingvistik ekspertiza yangi yo‘nalish ekanligi va uning mohiyati, amaliy ahamiyati, vazifalari hamda fan va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni masalalari haqidagi ma’lumotlar keng jamoatchilikka etkazilishi ta’minlangan;
tergov jarayonida gumonlanuvchining turli ko‘rinishdagi konfliktli matnlarda shaxs nutqining xarakterli xususiyatlarini aniqlashga doir xulosalardan 2021 yil 1 noyabr` kunidan 2021 yil 30 dekabr` kunigacha O‘zbekiston Respublikasi IIB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan JKning 168-moddasi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan 262872/2021-1-son jinoyat ishi bo‘yicha Jinoyat-protsessual Kodeksning 69-moddasi talablariga asosan o‘tkazilgan dastlabki tergov harakatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov departamentining 2022 yil 12 yanvardagi 18/235-son ma’lumotnomasi). Natijada tergov jarayonida gumonlanuvchining yozma nutqi gumonlanuvchi ko‘rsatmalariga aloqadorligini aniqlashga xizmat qilgan;
tilshunoslikda noadabiy unsurlarning hosil bo‘lishi va so‘z yasalish tizimidagi o‘rni; noadabiy leksik unsurlarning shaxs yosh xususiyatlariga ko‘ra xoslanish paradigmalarini shakllantirish; noadabiy leksik unsurlarning shaxs yosh xususiyatiga ko‘ra xoslanishining leksikografik talqinini tahlil qilish, noadabiy grammatik unsurlarning so‘z yasalish tizimiga ta’siri, og‘zaki nutqda voqelanishi, noadabiy lingvistik birliklarning yosh toifasiga moslashish mohiyatini ochishda muhim bo‘lgan mezonlarni aniqlash yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”); FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 15 fevraldagi 17-01/27-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4850-son farmoni, 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 16-fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2909-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, 2019 yil 17 yanvardagi “Sud ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4125 qarorlarida belgilangan masalalarning ijrosi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish