Shukurov Akmal Uktamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bulutli texnologiyalari asosida talabalarning virtual texnologiyalardan foydalanish  kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Axborot texnologiyalari fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3909.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti. 
Ilmiy rahbar: Turdiev Shoxrux Razzokovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Uzokov Zair, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika insituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bulutli texnologiyalari asosida talabalarda virtual texnologiyalardan foydalanish kompetentligini rivojlantirish va takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda virtual texnologiyalardan foydalanish kompetentligining mazmun-mohiyati axborot-tahliliy faoliyat, refleksiya, motivatsion, amaliy faollik kabi komponentlari mazmuniy tuzilmasi, identiv maqsadlari va ularning adekvat aloqadorligi asosida aniqlashtirilgan; 
bulutli texnologiyalar asosida talabalarda virtual texnologiyalardan foydalanishga doir axborot kompetentligi rivojlantirish modelining tartib komponenti virtual o‘quv va ilmiy axborotlarni izlash, qayta ishlash hamda maqsadli foydalanish kabi faoliyat shakllari asosida takomillashtirilgan;
talabalarda virtual texnologiyalardan foydalanish kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishdagi bulutli texnologiyalarning metodik imkoniyatlari mustaqil ta’limni tashkil etishga doir evristik hamda tadqiqot ishlarini tashkil etishga doir variativ topshiriqlar asosida  takomillashtirilgan;
bulutli texnologiyalardan foydalangan holda talabalarning virtual axborotlar bilan ishlashga doir tajribalarini oshirishga imkon beradigan metodika ishchi o‘yinlar, kooperativ ta’lim texnologiyalari individual, differensial, muammoli yondoshuvlar asosida uslubiy aspektda takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bulutli texnologiyalari asosida talabalarning virtual texnologiyalardan foydalanish  kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Axborot texnologiyalari fani misolida) mavzusi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda virtual texnologiyalardan foydalanish kompetentligining mazmun-mohiyati axborot-tahliliy faoliyat, refleksiya, motivatsion, amaliy faollik kabi komponentlari mazmuniy tuzilmasi, identiv maqsadlari va ularning adekvat aloqadorligi asosida aniqlashtirilgan xulosalardan Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning e-portfolio platformasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 
2022 yil 26 dekabrdagi 02/01-01-114-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatlarini olib borishda tegishli metodik tavsiyalar bilan boyitish imkoniyati yaratilgan;  
bulutli texnologiyalar asosida talabalarda virtual texnologiyalardan foydalanishga doir axborot kompetentligi rivojlantirish modelining tartib komponenti virtual o‘quv va ilmiy axborotlarni izlash, tahlil qilish, qayta ishlash hamda maqsadli foydalanish kabi faoliyat shakllari asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalardan YoA5-XT-1-31884-son “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘kituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” (2019-2022 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2022 yil 25 oktyabrdagi 
01-20-08/1886-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog kadrlar tayyorlash tizimi virtual texnologiyalardan foydalanishga doir tajribalar bilan boyitilgan;
bulutli texnologiyalardan foydalangan holda talabalarning virtual axborotlar bilan ishlashga doir tajribalarini oshirishga imkon beradigan, ishchi o‘yinlar, kooperativ ta’lim texnologiyalari individual, differsial, muammoli yondoshuvlar asosida uslubiy aspektda takomillashtirilgan metodikadan “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 
23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-315-son bilan ro‘yxatga olingan). Natijada talabalarning “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fani asosida bulutli texnologiyalardan foydalanishga doir kompetensiyalari rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish