Eshonqulov Oybek Tojiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili morfologik birliklarida neytrallashuv”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2424.
Ilmiy rahbar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberganova Durdona Sidiqovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili morfologik birliklarida lingvistik neytrallashuv hodisasini yoritish, neytrallashuvni yuzaga keltirgan omillarni belgilash, o‘zbek tilida mustaqil va yordamchi so‘zlarning har birida neytrallashuv kuzatilishi va o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili morfologik birliklarida zidlanish uchun asos bo‘lgan belgining yo‘qolishi va neytrallashuvi aniqlangan;
o‘zbek tilidagi morfologik birliklar nutqda qo‘llanganda zidlanish uchun asos bo‘lgan belgisini yo‘qotib, zidlanuvchi a’zoga nisbatan neytrallashuvi qonuniyatlari ochib berilgan;
nutqda morfologik birliklar, xususan, olmosh, ot, sifat, son, fe’l va modal so‘zlar neytrallashuvining funksional-uslubiy jihatlari ochib berilgan;
o‘zbek tilida ot, sifat, son, fe’l so‘z turkumlari misolida tranpozisiya hodisasi morfologik neytrallashuvni yuzaga keltirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida morfologik birliklar neytrallashuvi masalasining tadqiqi buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi olmoshlarning neytrallashuvi materiallari va natijalaridan lisoniy madaniyatda neytrallashuvning o‘ziga xos o‘rni, lisoniy birliklarning nutqiy ta’sir o‘tkazishdagi xususiyatlarini ochib berish, shuningdek, kognitiv-pragmatik farqli birliklarining uslubiy, mazmuniy, vazifaviy jixatlariga oid ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 15 avgustdagi 04/1-2412-son ma’lumotnomasi) Natijada loyiha olmoshlarning nutqda qo‘llanish xususiyatlari hamda kognitiv-pragmatik farqli birliklarining uslubiy, mazmuniy, vazifaviy jixatlariga doir yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek tilida fe’llarning zamon, shaxs-son shakllari muayyan uslub talabi, ekspressiv-emotsionallikni ifodalash, ma’noni kuchaytirish ehtiyoji natijasida biri ikkinchisining o‘rnida almashinib qo‘llanishi, fe’llarning neytrallashuvi xususiyatlari haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan RZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish”(2021-2022 y.y.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 15 avgustdagi 04/1-2412-son ma’lumotnomasi). Natijada fe’llarning nutqda qo‘llanishiga doir ilmiy-nazariy, lisoniy madaniyatda neytrallashuvning o‘ziga xos o‘rni, ommaviy nutqiy ta’sir etish, muloqot jarayonining o‘ziga xosliklari, lisoniy birliklarning nutqiy ta’sir o‘tkazishdagi xususiyatlarini ochib berish, kognitiv-pragmatik farqli birliklarning uslubiy, mazmuniy, vazifaviy jihatlarini o‘rganishga xizmat qilgan.