Rahmonova Zarrina Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiyotshunoslikda ijodiy individuallik muammosi” (Professor B.Sarimsoqov ilmiy merosi misolida), 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1392.
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, rofessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor; Meliev Suvonqul, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi professor B.Sarimsoqov ilmiy ijodining individualligi, ilmiy kashfiyotlarining o‘ziga xosligi va boshqa davrdosh olimlarnikidan farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyotshunoslikda ijodiy individuallik muammosining ilmiy-nazariy jihatlari, professor Bahodir Sarimsoqov ijodiy individualligini shakllantiruvchi sub’ektiv va ob’ektiv omillar - biografik, genetik, ijtimoiy, ma’naviy-e’tiqodiy va falsafiy asoslar, professional ilmiy muhit, ijtimoiy shart-sharoit va tug‘ma iste’dodning olim ijodiy individualligida muhim o‘rin tutganligi asoslangan;
olim asarlarida muammoli tahlil, qiyosiy-tarixiy va tipologik metodlar yetakchilik qilganligi, badiiy asarga yondashuv mezonlari tarixiylik, milliylik va umuminsoniylik tamoyillariga asoslanganligi, talqin va tahlillardagi mantiqiylik, qomusiylik va falsafiylik kabi xususiyatlar, muammoni ochish va ilmiy dalillashdagi mahorati ochib berilgan;
fol`klorshunoslik, mumtoz adabiyot, adabiy jarayon hamda adabiyot nazariyasi masalalarini tadqiq etishda B.Sarimsoqovning ijodiy individual qirralari, uning o‘z davrdoshlaridan farqli jihatlari ochib berilib, til xususiyatlari va atama qo‘llashdagi betakrorligi isbotlangan;
olimning epik janrlarda diffuziya hodisasi, to‘rtinchi adabiy tur, Navoiy g‘azallariga oid poetik sintaksis va g‘azal-muloqot shakllariga doir ilmiy kashfiyotlarining o‘ziga xosligi, ilmiy jihatdan yangiligi, dolzarbligi va puxta asoslanganligi kabi belgilari ochib berilib, ijodiy individuallikka xos ilmiy-nazariy mezonlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiyotshunoslikda ijodiy individuallik mavzusi tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Professor B.Sarimsoqovning tadqiqotlarida o‘zbek adabiyoti va fol`klorshunosligi manbalariga tayanilganligi, xalq og‘zaki ijodining ertak, doston, marosim qo‘shiqlari, badik, kinna, olqish va qarg‘ishlar, motam yor-yorlari, latifa, lof hamda boshqa janrlarga oid tadqiqotlaridagi individual qarashlar, o‘zbek mumtoz adabiyotidagi saj’, qofiya, she’riy tizim va janrlar bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan; adabiyot nazariyasi, jumladan, Navoiy ijodiga doir asarlarida lingvopoetik va akademik metodlardan samarali foydalanganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan F1-030 raqamli «O‘zbek adabiyoti tarixi» ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish» (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 14 sentyabrdagi 04/1-2574-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor B.Sarimsoqov asarlarining adabiyotshunoslik takomilidagi o‘rni, fol`klorshunoslik, mumtoz adabiyot, zamonaviy asarlarni o‘rganishdagi ahamiyati, olim tadqiqotlarida qiyosiy-tarixiy, tipologik, genetik, muammoli, biografik, lingvopoetik va sistemali usullarni o‘zida jo etgan akademik metodning samaradorlik darajasi bo‘yicha asosli ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilishiga asos bo‘lgan;
professor Bahodir Sarimsoqov ilmiy merosidagi turkiy yozma yodgorliklarda aks etgan mifologik tasavvurlar va ularning fol`klorga ko‘chishi xususidagi fikrlar, qadimgi turkiy bitiktoshlar shakliy tuzilishi tadqiqiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147 raqamli «Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi» (2017-2020) mavzusidagi amaliy loyiha asosida nashrga tayyorlangan «Turkiy yozma yodgorliklar va fol`klor» monografiyasining «Turkiy yozma yodgorliklar va mifologiya» qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 12 oktyabrdagi 01/4-2815-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ertaklari, dostonlar va boshqa epik janrlarining ilmiy tasnifiga doir fikrlar; o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi bir qator terminlarning mohiyati, fol`klorshunoslikdagi marosim qo‘shiqlari va ushbu janrning o‘ziga xos xususiyatlari, genezisi hamda tipologiyasiga oid nazariy umumlashmalar; mavsum-marosim qo‘shiqlarining nazariyasi, epik janrlarda sodir bo‘luvchi diffuziya hodisasiga doir ilmiy xulosalar bilan boyitilgan;
professor B.Sarimsoqovning xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot, adabiyot nazariyasi va adabiy jarayonga oid tadqiqotlari haqidagi ilmiy ma’lumotlardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining «Boqiy meros», «Qadriyat», «Najot ta’limda» teleko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 27 apreldagi 01-12/164-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuvlarning mazmunan boy, qiziqarli va jonli bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish