Sayt test rejimida ishlamoqda

Shamaqsudova Saodat Xidoyatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediamatnlarning tili, uslubi va janriy xususiyatlari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil1631.
Ilmiy rahbar: Israil Muqaddas Irgashevna, filologiya fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mahmudova Sevara Irisalievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mediamatnlarning lisoniy-uslubiy o‘ziga xosliklarini o‘rganish, uning tuzilmasi, janriy xususiyatlarini, mediamatnlarni yaratishda lisoniy mezonlarning o‘rnini aniqlash, mediamatnlarning asosiy toifalari va tipologiyasini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy mediaolamda mediamatnlarning oddiy matnlardan farqli xususiyatlari, massmedia aspektining mediamatn shakliga kelishidagi o‘ziga xosliklar, bugungi kun talabiga javob beradigan materiallarni tayyorlashda lisoniy mezonlardan foydalanishning muhim o‘ringa egaligi aniqlangan; 
mediamatnni muloqot maydoniga kiritish strategiyasini yaratish, matnni qismlarga ajratishda interpretatsiya usulidan foydalanish me’yorlari aniqlanib, sarlavha majmuasi, lid, asosiy va xulosa qismlarining kommunikativ, segmentlashtiruvchi, baholovchi-ekspressiv va boshqa vazifalari, turlari hamda lisoniy-uslubiy xususiyatlari dalillangan;
mediamatnlarning uslubiy toifalanishi: rasmiy, ilmiy, publisistik, so‘zlashuv, badiiy, diniy-ma’rifiy uslub xususiyatlari aniqlanib, matn tarkibida lisoniy va nolisoniy vositalarning o‘zaro bog‘liq kelishi, funksional uslub qonuniyatining bevosita mushtarak jihatlari ochib berilgan;
zamonaviy mediadiskursning o‘ziga xos janr shakllari va ularning konvergensiyasi diffuziya jarayonida - yangi integratsiyalashgan janrlarning yuzaga kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Mediamatnlarning tili, uslubi va janriy-uslubiy xususiyatlarini tadqiq qilish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
zamonaviy mediaolamda mediamatnlarning oddiy matnlardan farqli xususiyatlari, massmedia aspektining mediamatn shakliga kelishidagi o‘ziga xosliklar, bugungi kun talabiga javob beradigan materiallarni tayyorlashda lisoniy mezonlardan foydalanishning muhim o‘ringa egaligi aniqlanganligi kabi xulosalardan “Til va adabiyot ta’limi” ilmiy-metodik jurnali faoliyatida foydalanilgan (“Til va adabiyot ta’limi” ilmiy-metodik jurnal tahririyatining 2022 yil 29 apreldagi 20-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot tahririyatda jurnal sahifalarini boyitishda, mediamatnni yaratish va tahrir etish jarayonida jurnalistlarning bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishda yordam bergan;
mediamatnning ta’sirchanligini ta’minlovchi lingvistik (fonetik, leksik, grammatik) vositalarning ahamiyatini o‘rganishda, jumladan, tilning tasviriy vositalari, paremiologik birliklar, shaxslantirishga doir tavsiyalarni, ushbu sohadagi xato, kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha nazariy mulohazalarni, ko‘rsatmalarni amalda qo‘llash borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanallarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanallarining 2022 yil 13 iyundagi 01-14-431-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot sarlavha majmuasi, lid, asosiy va xulosa qismlarining kommunikativ, segmentlashtiruvchi, baholovchi-ekspressiv va boshqa vazifalari, mediamatnlarni o‘ziga xos, ta’sirli va talab darajasida yaratishda yordam bergan;
mediamatnni muloqot maydoniga kiritish strategiyasini yaratish, matnni qismlarga ajratishda interpretatsiya (talqin etish) usulidan foydalanish me’yorlari bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” telekanalida efirga uzatiladigan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlari ssenariylari va matnlarini tayyorlashda foydalanilgan (“Oʻzbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 20 iyundagi 04-36-957-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot mediamatnni yaratishda amal qilinishi kerak bo‘lgan lisoniy-uslubiy qoidalarni e’tiborga olish, mediamatnlar tuzilmasini aniqlash, o‘zbek adabiy til me’yorlariga rioya qilishni takomillashtirishda manba sifatida yordam bergan;
mediamatn yaratishda til birliklaridan o‘rinli va unumli foydalanish, matn ta’sirchanligini ta’minlovchi lingvistik vositalarning ahamiyati O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 23 iyundagi 01-03-828-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot uyushma a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish va publisistik maqolalarni tayyorlash jarayonida til vositalaridan o‘rinli va unumli foydalanishida yordam bergan;
mediamatnlarning uslubiy toifalanishi: rasmiy, ilmiy, publisistik, so‘zlashuv, badiiy, diniy-ma’rifiy uslub me’yorlarini amalda qo‘llash bo‘yicha “Xalq so‘zi”, “Narodnoe slovo” gazetalarining materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (“Xalq so‘zi”, “Narodnoe slovo” gazetalarining 2022 yil 25 iyuldagi 93-son ma’lumotnomasi). Natijada ishda tahlilga tortilgan misollar gazeta sahifalarini boyitishda, matn yaratishda va tahrir etishda jurnalistlarning bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga amaliy yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish