Sayt test rejimida ishlamoqda

Usmonova Nigora Abdulxamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy publisistikada mavzu, muammo va mahorat masalalari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil11016.
Ilmiy rahbar: Tashmuxamedova Latofat Ismatovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor; Toshboev Olim, filologiya fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy publisistik materiallarni yuqori saviyada tayyorlashda mavzu, muammo va ijodkor mahorati masalalarining o‘rni, ahamiyatini ko‘rsatish va samarali ijod tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
publisistik uslubni zamonaviy talqin qilishning ahamiyati, kommunikativ vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlari, publisistik asarda adresant va adresat vazifalari, zamonaviy publisistikada ijtimoiy-siyosiy faoliyat turlari bo‘yicha fakt hamda material tanlash talablari aniqlangan;
ijodiy jarayonda amaliyotni o‘rganish, yangi ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, raqobatbardosh axborot maydonida o‘ziga xos mavzu tanlash,  material tayyorlashning yo‘l-yo‘riqlari isbotlangan;
muammolarni yoritishda jurnalistning tezkor fikrlashi, fikrlashning moslashuvchanligi, originallik, qiziquvchanlik, gipotezalar ishlab chiqish qobiliyati, fantaziyasi kabi xususiyatlar noan’anaviy yondashuv asosida dalillangan;
ijodkor mahorati, jurnalistik material yaratish, publisistik matnni professional darajada shakllantirish jarayoni noan’anaviy yondashuv asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Zamonaviy publisistikada mavzu, muammo va mahorat masalalari tahlili jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
publisistik uslubni zamonaviy talqin qilishning ahamiyati, kommunikativ vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlari, publisistik asarda adresant va adresat vazifalari, zamonaviy publisistikada ijtimoiy-siyosiy faoliyat turlari bo‘yicha fakt hamda material tanlash bo‘yicha tavsiyalardan O‘zMTRKning “Yoshlar” telekanalida foydalanilgan (O‘zMTRK “Yoshlar” teleradiokanalining 2022 yil 24 fevraldagi 06-31-477-son hamda 2022 yil 16 fevraldagi 14-01-56-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan tavsiyalar mutaxassislarni muntazam qayta tayyorlash va shaxsiy professional tajribalarini takomillashtirish, jurnalistlarning mavzu tanlash va uni mohirona yoritish malakalarini oshirishda qo‘l kelgan;
 ijodiy jarayonda amaliyotni o‘rganish, yangi ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, raqobatbardosh axborot maydonida o‘ziga xos mavzu tanlash,  material tayyorlashning yo‘l-yo‘riqlari, muammolarni yoritishda jurnalistning tezkor fikrlashi, fikrlashning moslashuvchanligi, originallik, qiziquvchanlik, gipotezalar ishlab chiqish qobiliyati, fantaziyasi,  publisistik matnni professional darajada yozish mahorati bo‘yicha tavsiyalardan Respublikamizdagi ijtimoiy-siyosiy matbuot nashrlarida foydalanilgan (“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” birlashgan tahririyatining 2022 yil 18 martdagi 88-son, “Milliy tiklanish”  gazetasining 2022 yil 19 sentyabrdagi 25/09-son ma’lumotnomasi). Natijalar mavzu tanlash, uni yoritish, publisistik matnda dolzarb muammolarni ko‘tarib chiqish, o‘quvchi e’tiborini tortish, muammoni hal etishga yordam berish kabi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
ijodkor mahorati, jurnalistik material yaratish, publisistik matnni professional darajada shakllantirish jarayonining noan’anaviy, original yondashuv asosidagi tahlillardan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Ilm-fan ruknidagi internet materiallarini takomillashtirishda foydalanildi (“Uza.uz” tahririyatining 2022 yil 27 yanvardagi 31/15-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 19 sentyabrdagi 01-03/1178-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar jurnalistika ta’limi sohalarida  yangilanishlarni amalga oshirishga yordam bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish