Sayt test rejimida ishlamoqda

Tajadinova Guljaxan Nizamadinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologik mavzudagi hujjatli fil`mlar publisistikasi» (Orol haqidagi «Qoraqalpoqfil`m» asarlari misolida», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2015.
Ilmiy rahbar: Masharipova Tamara Joldasbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor, Allambergenova Perxan Qudaybergenovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orol dengizi haqida Qoraqalpog‘iston, shuningdek O‘zbekiston va ayrim chet el kinoijodkorlari tomonidan tasvirga olgan hujjatli fil`mlarni jurnalistika va publisistika nazariyasida ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Orol haqida publisistik hujjatli fil`mlarning ilmiy va uslubiy asoslari, publisistik hujjatli fil`mning o‘zgachaligi nimalardan iboratligi ochib berilib, publisistik kinoobraz-qiyofa nima ekanligi aniqlangan;
ekologiya mavzusidagi hujjatli kinoda mavzuni ochib beruvchi kinousullar ochib berilib, ekologiya mavzusidagi hujjatli fil`mlarning tarixi va buguni, ularning evolyusiyasi dalillangan;
kamera yordamida borliqni skanerlash va mazkur borliqning kinoijodkorlar s’emkasidagi farqlari ko‘rsatilib, hujjatli fil`m bu faqat hujjatli fil`m bo‘libgina qolmasdan, badiiy-hujjatli forma ekani isbotlangan;
kinopublisistika usullari yordamida ekologik ong va ekologik madaniyat qanday shakllanganligi va ularning imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi.  Ekologik mavzudagi hujjatli fil`mlar publisistikasini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orol haqida publisistik hujjatli fil`mlarning ilmiy va uslubiy asoslari, publisistik hujjatli fil`mning o‘zgachaligi nimalardan iboratligi ochib berilib, publisistik kinoobraz-qiyofa nima ekanligi aniqlangan xulosalardan «Qaraqalpaqfil`m» kinostudiyasi faoliyatida foydalanilgan («Qaraqalpaqfil`m» kinostudiyasining 2022 yil 15 iyuldagi 53-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orol fojeasiga bog‘liq hujjatli xronika yaratishda kinoijodkorlar tomonidan yangi fil`mlarga ssenariylar yozishda va suratga olishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
ekologiya mavzusidagi hujjatli kinoda mavzuni ochib beruvchi kinousullar ochib berilib, ekologiya mavzusidagi hujjatli fil`mlarning tarixi va buguni, ularning evolyusiyasi dalillangan xulosalardan «Qaraqalpaqkino» agentligi jamoasining ish yuritish faoliyatida foydalanilgan («Qaraqalpaqkino» agentligining 2022 yil 15 iyuldagi 74-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Qaraqalpaqkino» agentligining veb-sayti orqali Orol fojeasiga bog‘liq hujjatli xronika fil`mlarni aholi o‘rtasida keng propaganda qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan;
kamera yordamida borliqni skanerlash va mazkur borliqning kinoijodkorlar s’emkasidagi farqlari ko‘rsatilib, hujjatli fil`m bu faqat hujjatli fil`m bo‘libgina qolmasdan, badiiy-hujjatli forma ekani isbotlangan natijalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining ijodiy jamoasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022 yil 20 oktyabrdagi 82-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleradio xodimlari tomonidan hujjatli telefil`mlar yaratishda, radiolavhalar tayyorlashda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
kinopublisistika usullari yordamida ekologik ong va ekologik madaniyat qanday shakllanganligi va ularning imkoniyatlari ochib berilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jurnalistlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jurnalistlari uyushmasining 2022 yil 14 iyuldagi 37-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistlarning yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, gazeta nashrlarida ekologik mavzularda ish yuritishda samaradorlikka erishishga doir ishlarning yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish