Sayt test rejimida ishlamoqda

Mullaeva Saxiba Satimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Konvergent tahririyatlarda jurnalist mahorati masalalari», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2012.
Ilmiy rahbar: Toshpo‘latova Nazira Qurbonovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatova Yoqutxon, filologiya fanlari doktori, professor; Saidov Halim, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston jahon tillari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston matbuotida konvergent tahririyatlar va ularda faoliyat yuritayotgan jurnalist kadrlarning mediakonvergensiya sharoitiga moslashuvi va onlayn muhitda mediakontent yaratish bilan bog‘liq mahoratini oshirish uslublarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekiston mass-mediasida konvergent tahririyat faoliyati va konvergent jurnalist mahorati masalasi dalillanib, milliy axborot bozorida mul`timedialashgan, integrallashgan hamda kross-mediaviy tahririyatlarning o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan;
bosma tahririyatlarda mediakonvergensiya jarayonida yuzaga keluvchi axborot uzatishning yangi, integratsiyalashgan usullari – infoteynment, finishing, glokallashuv kabi tushunchalar aniqlangan hamda respublika tahririyatlariga nisbatan hududiy nashrlarda glokallashuv usulidan nisbatan samarali foydalanilayotgani isbotlangan;
mul`timediaviy kontentda janrlar transformatsiyasi sekin kechayotgani aniqlangan va bosma nashrning onlayn shaklga o‘tishida kontentning (tili, uslubi, dizayni) qayta ishlanmasligi samaradorlik pasayishida asosiy omil ekani asoslangan;
jahon va milliy jurnalistika amaliyotida konvergent tahririyatlar faoliyati asosida jurnalistning kundalik vazifasidan tashqari muharrir-agregator, mul`timedia prodyusseri, tarmoq mutaxassisi, gazetachi+tv suxandon kabi yangi rollarni bajarayotganligidan kelib chiqib konvergent jurnalist mahoratini oshirishning zamonaviy metodikalari taklif etilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi.  Konvergent tahririyatlarda jurnalist mahorati masalalarini tadqiq qilish yuzasidan ilmiy natijalar asosida:
media makonda mavjud OAVning faoliyat davomiyligini ta’minlashda yangi O‘zbekiston OAVning bir formatdan ikkinchisiga o‘tishida jurnalist mahorati masalalari va bu jarayonda konvergent tahririyatlarda mediakontent yaratish bilan bog‘liq tahlil natijalaridan “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida foydalanilgan (“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyatining 2022 yil 15 fevraldagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada www.zarnewz.uz kontentida materiallarni onlayn formatga moslashtirish jarayoni yangi uslubda amalga oshirilgan; 
mediakonvergensiya jarayonlarida yuzaga keluvchi axborot uzatishning infoteynment, finishing, glokallashuv kabi yangi, integratsiyalashgan usullarining bosma tahririyatlar uchun jarayonga moslashishida muhimligi borasidagi umumlashma xulosalar “Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari faoliyatiga tatbiq etilgan (“Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari tahririyatining 2022 yil 21 oktyabrdagi 60-son ma’lumotnomasi). Natijada nashrning onlayn formati xodimlari uchun alohida yo‘riqnoma ishlab chiqilgan;
mul`timediaviy kontent samaradorligini oshirishda jurnalist mahorati, tili va uslubi imkoniyatlari hamda janrlar transformatsiyasiga oid nazariy xulosalar nashrning onlayn va poligrafik formati rivojiga hamda auditoriyani kengaytirishga imkon yaratgan (“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” birlashgan tahririyatining 2022 yil 20 oktyabrdagi 117-son ma’lumotnomasi). Natijada gazeta faoliyatida ilk marotaba QR-koddan foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan va bu holat nashrning YouTube platformasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
mediakontent yaratishda konvergent jurnalist mahoratini oshirishning zamonaviy metodikalari bir vaqtning o‘zida ham hududiy, ham xususiy bo‘lgan nashr xodimlari faoliyati samaradorligini oshirishda qo‘llangan (“Farg‘ona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyatining 2022 yil 24 martdagi 128-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalist vazifalarining ortishi hech bir murakkabliksiz konvergent kontent mazmuni va sifati samaradorligini ta’minlashi asoslanib, tahririyat ichki nizomida aks ettirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish