Sayt test rejimida ishlamoqda

Djumanova Sanobar Bazarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy mediamakondagi axborot-psixologik kurash sharoitida mediata’limning “o‘zbek modeli”ni yaratish va amaliyotga joriy etish istiqbollari», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil249.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Hamidulla, filologiya fanlari doktori, professor; Matyakubov Alisher, filologiya fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilg‘or xorijiy tajriba, tarixiy ma’naviy negizlarga tayanib, axborot-psixologik kurash xavfi, milliy ta’lim tizimi o‘ziga xosligini inobatga olgan holda mediata’limning “o‘zbek modeli”ni yaratish va amaliyotga joriy etish istiqbollarini asoslashdan iborat. 
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mamlakatda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, axborot ekologiyasi musaffoligiga erishishda ommaning jamoatchilik fikrini manfaatli shakllantirishga intilayotgan siyosiy va moliyaviy tuzilmalar ta’siridan chiqishi, ongli tarzda ishonchli va to‘liq axborot olish huquqini amalga oshirishda mediata’limning dolzarbligi va zarurati asoslangan;
tarixiy manbalardan mediata’lim, mediasavodxonlik, faktcheking tushunchalarining Sharqdagi qadimiy ko‘rinishlariga oid misollar topilgan, alloma va mutafakkirlarning mavzuga oid qarashlari ochib berilib, o‘rta asrlarda madrasalarda o‘qitilgan, uslub jihatidan mediata’limga o‘xshash bo‘lgan fanlar aniqlangan;
yoshlarning media iste’moliga doir xususiyatlari, mediasavodxonlik ko‘rsatkichlari aniqlanib, amaldagi ta’lim tizimi tahsil oluvchilarni axboriy jamiyatga tayyorlab bormasligi, umumiy o‘rta, oliy ta’lim, malaka oshirish kurslariga mediata’limni joriy etishning muhimligi isbotlangan;
mediata’limning “o‘zbek modeli” ishlab chiqilib, unga ilmiy asosda ta’rif berilgan, uni amaliyotga joriy etish bosqichlari, shakllari, malaka talablari, mexanizmlari, mediata’lim dasturlari mazmuniga doir talablar, mediasavodxonlikning transchegaraviy kompetensiyalari, tarkibiy komponentlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi.  Tadqiqot yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
mamlakatda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, axborot ekologiyasi musaffoligiga erishishda ommaning jamoatchilik fikrini manfaatli shakllantirishga intilayotgan siyosiy va moliyaviy tuzilmalar ta’siridan chiqishi, fuqarolarning ongli tarzda ishonchli va to‘liq axborot olish huquqini amalga oshirishda mediata’limni umumiy o‘rta ta’lim tizimiga integratsiyalashgan holda, oliy ta’lim tizimida alohida fan sifatida joriy etish zarurati bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasida Axborot makonida mediasavodxonlik va onlayn xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha 2022–2024 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, oliy ta’lim tizimiga mediata’limni bosqichma-bosqich joriy etish, yoshlarga mediamakonda xavfsiz xulq-atvor qoidalarini o‘rgatish, internetga qaramlikning oldini olish bo‘yicha axborot materiallarini ishlab chiqish, uyushma bilan hamkorlikda barcha ta’lim yo‘nalishlariga mo‘ljallangan “Mediata’lim” o‘quv dasturi, jurnalistika ta’lim yo‘nalishlari uchun “Mediata’lim va axborot xavfsizligi”, “Jurnalistikada mediasavodxonlik va faktcheking” hamda “Mediata’lim va mediasavodxonlik” fan dasturlarini ishlab chiqishda joriy qilingan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 01/18-517-son ma’lumotnomasi). Natijada “Mediata’lim” o‘quv dasturi asosida fan yaratilgan va uning o‘quv-uslubiy majmuasini yaratishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
tarixiy manbalardan mediata’lim, mediasavodxonlik, faktcheking tushunchalarining Sharqdagi qadimiy ko‘rinishlariga oid topilgan misollar, alloma va mutafakkirlarning mavzuga tegishli qarashlaridan mediata’limni joriy etishda milliy didaktik asos sifatida foydalanish bo‘yicha takliflardan maktab darsliklariga mediata’limni integratsiyalash, ona tili, tarbiya, informatika kabi fanlarda mediasavodxonlik instrumentini qo‘llashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 30 sentyabrdagi 01/11-01/10-1564-son ma’lumotnomasi). Natijada 2022-2023 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim tizimiga mediata’limni integratsiyalashgan holda joriy etish, fanlar mazmuniga mediasavodxonlikni singdirish, o‘quv jarayonini materiallar bilan ta’minlashda muhim manba vazifasini bajargan;
o‘zbekistonlik yoshlarning media iste’moliga doir xususiyatlar, mediasavodxonlik ko‘rsatkichlaridan, amaldagi ta’lim tizimi tahsil oluvchilarni axboriy jamiyatga tayyorlab bormasligi, umumiy o‘rta, oliy ta’lim, malaka oshirish kurslariga mediata’limni joriy etishning muhimligi bo‘yicha takliflardan dunyoning mafkuraviy manzarasini o‘rganish, zamonaviy sharoitda ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini tadqiq qilish, mediata’limning samarali va ta’sirchan texnologiya hamda usullarini ishlab chiqish, aholining g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, internet tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 26 maydagi 111-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot zamonaviy mediamuhitda ma’naviy ishlar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini chuqurroq o‘rganishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish