Sayt test rejimida ishlamoqda

Sa’dinova Gavxar Utanazarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Migrenda hamkor keluvchi gipo- va gipertireoid holatlarning ahamiyati: tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib927.
Ilmiy rahbar: Saidvaliev Farrux Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev El`bek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: migrenda hamkor keluvchi gipo- va gipertireoid holatlarning migren klinik kechishiga ta`siri va davolashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor migrenda qalqonsimon bez disfunksiyasidan gipotireoid holatlarning komorbidligi, aksincha gipertireoid holatlarning komorbid kasallik emasligi aniqlangan;
ilk bor migren tireoid gormonlar miqdorining kamayishi bilan kechuvchi gipotireod holatlar kasallikning epizodik turidan surunkali turiga o‘tishiga sabab bo‘lishi aniqlangan; 
TTG miqdori va migren kechishi ko‘rsatkichlari (o‘rtacha bosh og‘riq soni, davomiyligi va darajasi) o‘rtasida korrelatsion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan; 
migren kasalligi mavjud bemorlarda subklinik darajada tasdiqlangan gipotireozda davo muolajalariga tireoid gormonlar qo‘shilishi bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Migrenda hamkor keluvchi gipo- va gipertireoid holatlarining axamiyati: tashxislash va davolashni takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
migrenda hamkor keluvchi gipo- va gipertireoid holatlarning tashxislash va davolashni takomillashtirishga oid tekshirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Migrenda hamkor keluvchi gipo– va gipertireoid holatlarni tashxislash ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/331-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada migrenda qalqonsimon bezining disfunksiya holatini baholash orqali olingan natijalarni tahlil qilish hamkor keluvchi gipo– va gipertireoid holatlarni tashxislash, migren kechishini og‘irlashtiruvchi omillarni ajratish va bashoratlash imkonini bergan;
migrenda hamkor keluvchi gipo- va gipertireoid holatlarning tashxislash va davolashni takomillashtirishga oid tekshirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Migren va subklinik giportireoz komorbidligida tireoid gormonlarning medikamentoz korreksiyasi samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/331-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada migren va subklinik giportireozning komorbidlik holati va uning rivojlanishiga sabab bo‘ladigan tireoid gormonlarning qondagi miqdorini gormonal vositalar bilan korreksiyalash orqali migrenni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
migrenda hamkor keluvchi gipo- va gipertireoid holatlarning tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati Xiva tuman tibbiyot birlashmasi, hamda Toshkent shahar 52–oilaviy poliklinikaning klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 dekabrdagi 08-39160-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi migren kasalligida komorbid keluvchi gipotireoid holatlarni tashhislash usullarini takomillashtirish, kasallikni erta aniqlash, migrenning epizodik turidan surunkali turiga o‘tishini oldini olish, shuningdek, davolanish samaradorligini oshirish, davolanish muddatini qisqartirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish