Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmatov Alimjon Mustopoqulovichning 
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekstra - va intrakranial qon tomirlari zararlanishidan kelib chiquvchi ishemik insult rivojlanishini erta aniqlash va davolashni takomillashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib455.
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent  tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nurryjaev Erkin Smarylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxriddinov Fazliddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ishemik insultga olib keluvchi xatarli omillarini klinik va neyrovizual tekshiruvlarga asoslanib erta aniqlash, ishemik insultning profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Villiziy aylanasi nuqsonlari mavjud bemorlarda ichki uyqu arteriyasining stenoz ko‘rsatkichlari gemodinamik ahamiyatsiz bo‘lgan holatlarda insul`t rivojlanish havfi ortishi isbotlangan; 
insul`t rivojlanish havfi mavjud bo‘lgan bemorlarda umurtqa arteriyasi gipoplaziyasi  va Villiziy aylanasi noto‘liqligi  bosh miya qon aylanishining o‘tkir  va surunkali buzilishlari rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan;
komarbid xolatli bemorlarda o‘tkir insul`t rivojlanishi xavfini  erta baxolashda qo‘shimcha xatarli omil-umurtqa arteriyasi gipoplaziyasi va Villiziy aylanasi nuqsonlari gemodinamik axamiyatsiz stenotik torayishlarda xam bosh miya qon aylanishining o‘tkir  va surunkali buzilishlari rivojlanishida ahamiyatli xavf omil ekanligi isbotlangan;
aniqlangan Villiziy aylanasi anomaliyalari, umurtqa arteriyasi gipoplaziyasi kabi xavf omillari va braxiotsefal qon tomirlar xajmiy stenozi xamda pilakcha yuzasi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda jarroxlik davolashga ko‘rsatmalar  aniqlangan;
surunkali bosh miya qon aylanishi etishmovchiligi mavjud bemorlarda ekstra va intrakranial arteriyalar zararlanishi xamda Villiziy aylanasi turli xil nuqsonlari sababli serebrovaskulyar buzilishlar xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar  takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bosh miya qon aylanishi surunkali etishmovchiligi mavjud bo‘lgan bemorlarda bosh miya qon aylanishing o‘tkir buzilishlari rivojlanishi profilaktikasi va diagnostikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bosh miya qon aylanishi surunkali etishmovchiligi mavjud bo‘lgan bemorlarda karotid qon tomirlar jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatmalar, qo‘shimcha davolash tadbirlari,  reablitatsiya natijalari  ko‘rsatkichlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Surunkali bosh miya qon aylanishi etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni karotid rekonstruksiya amaliyotidan keyingi kompleks reablitatsiyasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 maydagi 8n-z/230–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bosh miya qon aylanishi surunkali etishmovchiligi mavjud bo‘lgan bemorlarda profilaktika chora-tadbirlari va karotid rekonstruksiya amaliyoti bajarilgan bemorlarda amaliyotdan keyingi reablitatsiya jarayonining yaxshilash, amaliyotdan keyingi asoratlar kamayish imkonini bergan;
bosh miya qon aylanishi surunkali etishmovchiligi mavjud bo‘lgan  bemorlarda bosh miya qon aylanishing o‘tkir buzilishlari rivojlanishi profilaktikasi va diagnostikasini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Ishemik genezli bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishining profilaktikasi va bemorlar reablitatsiyasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 maydagi 8n-z/230–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma BMQASE mavjud bo‘lgan bemorlarda o‘tkir insul`t rivojlanish xavfini erta aniqlash, xavf guruhlarini ajratish, insul`t asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
 bosh miya qon aylanishi surunkali etishmovchiligi mavjud bo‘lgan bemorlarda bosh miya qon aylanishing o‘tkir buzilishlari rivojlanish xavfini erta tashxislash, xavf guruhlarini aniqlash  va zamonaviy davolash tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali, Toshkent shaxar 7-son klinik shifoxonasi, Buxora viloyati shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Vobkent tuman filiali, Toshkent shaxar 7-son klinik shifoxonasi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Nukus shaxar viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi, Qashqadaryo viloyati Qarshi shaxar ko‘p tarmoqli shifoxonasi faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 dekabr 08-38902–son xulosasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bosh miya qon aylanishi surunkali etishmovchiligi mavjud bo‘lgan bemorlarda ishemik genezli bosh miya qon aylanishi buzilishlari profilaktikasida insul`t oldi xastaliklarini erta tashxislash, qayta ishemik insul`t rivojlanish xavfini kamaytirish, karotid rekonstruksiya amaliyotidan keyingi reablitatsiya natijalari yaxshilanishiga, qayta insul`t rivojlanish xavfi mavjud kontingentlarni erta aniqlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish