Sayt test rejimida ishlamoqda

Djabbarov Aziz Muxitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dorsalgiya bilan kasallangan muddatli harbiy xizmatchilarning reabilitatsiyasini optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Tib1183.
Ilmiy rahbar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sodikova Gul`chexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot nomi: Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining «S.M. Kirov nomidagi harbiy-tibbiyot akademiyasi».
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi: dorsalgiya bilan kasallangan bemor harbiy xizmatchilarnisafga qaytarish uchun, patogenetik jihatdan asoslangan, differensiatsiya qilingan konservativ davolash taktikasi asosida davolash-diagnostikasini va reabilitatsiyasini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor(VASh, DN4, MTS, VSSBBKSh, VNS-so‘rovnoma, HADS) shkalalalari asosida dorsalgiya bilan kasallangan muddatli harbiy xizmatchilarda (MHX) klinik nevrologik simptomlar majmuasi individual xavfni baholashning mezonlari aniqlangan; 
xizmatning birinchi yarmidagi bemorlarda bel sohasidagi og‘riqning shikoyatlari va klinik ko‘rinishlari, xizmatning ikkinchi yarmidagi bemorlarga qaraganda yaqqol ifodalanganlik darajasi isbotlangan; 
dorsalgiya bilan og‘rigan muddatli harbiy xizmatchilarda kombinatsiyalangan terapiya bilan birgalikda  fizioterapevtik muolajalar majmuasi ishlab chiqilgan;
ilk bor muddatli harbiy xizmatchilarda dorsalgiyani profilaktikasi vegetativ nerv tizimini va psixo-emotsional holatiga qarab, jismoniy mashqlarni xavfsizlik chegarasini saqlagan holda optimalashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dorsalgiya bilan kasallangan MHXlarni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
dorsalgiya bilan kasallangan MHXlarni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Muddatli harbiy xizmatchilarda nospesifik bel og‘rig‘i: klinik kechish xususiyatlari va davolash uchun yondashuvlar” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2021 yil 5-dekabrdagi 9n-z/538-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma asosida kombinatsiyalangan terapiya bemorlarda ijobiy natijani ko‘rsatgan va harbiy xizmatchilarni xizmatga qaytarish imkonini bergan;
dorsalgiya bilan kasallangan MHXlarni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Muddatli harbiy xizmatchilarda dorsalgiyani diagnostikasi va davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5-dekabrdagi 9n-z/538-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma asosida tavsiya etilgan kombinatsiyalangan terapiya davolanishni tashkil qilish va o‘tkazish uchun ancha kam iqtisodiy xarajatlarni talab qilganligini, usul sodda va foydalanish uchun qullayliginiisbotlash imkonini bergan;
dorsalgiya bilan kasallangan MHXlarni tashxislash va davolash bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘R Qurolli Kuchlari Akademiyasining o‘quv jarayonini ta’minlash batal`oni, O‘R Mudofaa Vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi, Toshkent shahridagi “General Med Standart” nevrologik klinikasining amaliyotlarigajoriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7-dekabrdagi 08-38859-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amalga oshirish bel og‘rig‘i bilan kasallangan mudatli harbiy xizmatchilarni tavsiya qilingan kombinatsiyalangan davolash usuli samarali bo‘lib, foydalanish uchun qulay va iqtisodiy tomondan kam xarajatni talab qilishi, bu esa harbiy xizmatchilarni sog‘lig‘ini tiklash va ularni xizmatga  qaytarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish