Karimberdiev Baxriddin Ismatilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Burun yondosh bo‘shliqlari qo‘shma jarohatlari diagnostikasi va davolashni takomillashtirish», 14.00.04 - Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2660.
Ilmiy rahbar: Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ryazansev Sergey Valentinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlar malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz skeleti, bosh suyagi va boshqa suyaklarning qo‘shma jarohati bo‘lgan bemorlarda burun yondosh bo‘shliqlari qo‘shma jarohatlarini davolash natijalari samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yuz-jag‘ sohasi va bosh miyaning qo‘shma jarohati bo‘lgan bemorlarda burun yondosh bo‘shliqlari jarohatlarining uchrashi aniqlangan;
yuz-jag‘ sohasi va bosh miyaning qo‘shma jarohati bo‘lgan bemorlarda burun yondosh bo‘shliqlari devorlari shikastlanishining 3D (uch tomondan) va burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining funksional holati asoslangan;
yuz-jag‘ sohasi qo‘shma jarohati bo‘lgan bemorlarda burun yondosh bo‘shliqlari devorlari shikastlanishining endoskopik manzarasi (real holati) va burun yondosh bo‘shliqlari tarkibi aniqlangan;
ilk bor yuz-jag‘ sohasi va bosh miyaning qo‘shma jarohati bo‘lgan, burun yondosh bo‘shliqlari shikastlangan bemorlarda yiringli-yallig‘lanish jarayonining rivojlanishida ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Burun yondosh bo‘shliqlari jarohatlari asoratlarini erta tashxislash va kompleks davolashda klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlarining ahamiyati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
burun yondosh bo‘shliqlari qo‘shma jarohatlari tashxisoti samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Qo‘shma yuz jarohatlarida qonning reologik xususiyatlari holatining xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-r/504-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma burun yondosh bo‘shliqlari qo‘shma jarohatlarini tashxislash, bemorlarni dinamikada klinik kuzatish orqali ushbu kasallik bilan bog‘liq asoratlarni oldini olish imkonini bergan;
yuz skeleti suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni kompleks davolash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Yuz skeleti suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni kompleks davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-r/528-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomada aks etgan tadqiqot natijalari burun yondosh bo‘shliqlari qo‘shma jarohatlarini davolash samaradorligini oshirishga, ushbu kasallik asoratlarini samarali oldini olish hisobiga bemorlar hayot sifatining yaxshilanishiga imkon bergan;
burun yondosh bo‘shliqlari qo‘shma jarohatlarini tashxislash, davolash va oldini olish bo‘yicha ilmiy natijalarni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi, 7-shahar klinikasi klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 avgustdagi 8n-d/271-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi burun yondosh bo‘shliqlari qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi, davolash-profilaktik yordam sifatini, yashash sifati va davomiyligini yaxshilaydi va birgalikda ushbu patologiya asoratlari rivojlanishining kamayishiga imkon yaratgan.