G‘ulomova Nargiza Sa’dullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy mualliflik korpusi va uninig semantik teglari bazasini yaratish (“Badoe’ ul-vasat” devoni asosida), 10.00.11. – Til nazariyasi. Amaliy va kom`pyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2339.
Ilmiy rahbar: Abjalova Manzura Abdurashetovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Bir martalik IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, bir martalik IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mavjud mualliflik korpuslari asosida Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish va “Badoe’ ul-vasat” devonidagi g‘azallarni semantik teglashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratishning struktural texnologiyasi ishlab chiqilib, mualliflik korpuslaridan foydalanishning afzalliklari va uning semantik teglar bazasiga qo‘yilgan leksik talablar aniqlangan;
mualliflik korpuslarining ta’limiy, ijtimoiy, lingvodidaktik, tarixiy va tarbiyaviy ahamiyati aniqlanib, Shekspir va Dostoyevskiy korpuslari tuzilishi asosida Alisher Navoiy korpusini yaratish texnologiyasi, unda ma’lumotlarni taqdim etishning konseptuallashtirish tamoyillari nazariy jihatdan asoslangan;
“Badoe’ ul-vasat” devoni g‘azallaridagi she’riy san’atlar (talmeh, tashbeh, tanosib, istiora, tazod, irsoli masal), xalq maqollari, turg‘un birikmalarini semantik teglash xususiyatlari aniqlangan;
Alisher Navoiy korpusida “Badoe’ ul-vasat” devonidagi g‘azallarning lingvistik va ekstralingvistik ma’lumotlarini taqdim etishning spesifik prinsiplari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
“Badoe’ ul-vasat” devonidagi g‘azallarda qatnashgan she’riy san’atlar (talmeh, tashbeh, tanosib, istiora, tazod, irsoli masal), xalq maqollari va turg‘un birikmalarning ilmiy tahlilidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida tilimizning nodir boyligi bo‘lgan frazeologik birliklar, iboralar Alisher Navoiy g‘azallarida ko‘p uchrashi, frazeologik birliklar (“tilimni lol etib”, “olur hushingni”, “jon etti og‘zimg‘a”, “mashaqqat chektim”, “jon taloshur”, “kulini ko‘kka sovurding”, “boshga chiqmoq”, “toshdek ko‘nglin oning mum qil”, “oqardi boshim”, “ko‘nglum ochilur”) fikrni qisqa, lo‘nda va mazmunli ifodalash imkoniyatlarini namoyon etishi va turkiy tilda so‘zlovchilarning nutq madaniyatini, so‘z boyligini oshirishga xizmat qilishi hamda mumtoz adabiyotimizda qo‘llanilgan so‘z birliklari va iboralarning semantik o‘zgarishlarga uchrashi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 17.01/116-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida frazeologik birliklarining o‘zgarish xususiyatlari va ma’no yangilanishlari, ularning turkiy xalqlarning so‘z imkoniyatlarini ochib berishi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarning kengayishiga erishilgan.
mualliflik korpuslarining ta’limiy, ijtimoiy, lingvodidaktik va tarixiy ahamiyati yoritilgan ma’lumotlardan hamda adabiyotshunoslik tarixida Alisher Navoiy ijodining tutgan o‘rni, asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-tarixiy, lingvodidaktik ahamiyati, ibora va maqollarning Navoiy g‘azallarida xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida keng qo‘llanilishi xususiyatlari tadqiqi yuzasidan chiqarilgan ilmiy-nazariy fikrlardan hamda individual-mualliflik leksik birliklarining hosil bo‘lishini aniqlashga qaratilgan o‘rinlardan O‘zRFA QQA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 17.01/116-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida adabiyotshunoslik tarixi va mumtoz adabiyotning ta’limiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-tarixiy, lingvodidaktik ahamiyatini singdirish orqali o‘quvchilarning milliy va umummadaniy, lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha yoritilgan ma’lumotlarning boyishiga erishilgan.
Alisher Navoiyning “Badoe’ ul-vasat” devonidagi g‘azallar tahlili asosida mualliflik korpusi yaratilishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy tahlillar xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlari ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 5 apreldagi 04-36-716-son dalolatnomasi). Natijada ta’lim jarayonida Alisher Navoiyni o‘rganish samaradorligini oshirish masalasidagi eshittirishlarning sifati va mazmunining boyishiga xizmat qilgan.