Kim Veronika Vladimirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning bo‘z tuproqlarida etishtirish uchun sabzavot soyasining maqbul ekish muddati va sxemasini tanlash», 06.01.06–Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx30.

Ilmiy rahbar: Mavlyanova Ravza Fazletdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Akramov Umidilla Ikramdjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning Markaziy mintaqasi bo‘z tuproqlari sharoitida sabzavot soyasining «Universal» navini etishtirish agrotexnologiyasi, ekishdan oldin urug‘larga ishlov berish usullari hamda ekishning maqbul muddatlari, ekish sxemalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor sabzavot soyasining yoppasiga unib chiqishini ta’minlash uchun urug‘larga ekishdan oldin ishlov berish usullari ishlab chiqilgan;

sabzavot soyasi ekinining biologik xususiyatlarini va qimmatli xo‘jalik belgilari, urug‘larini bahor va yozda ekishning maqbul muddatlari aniqlangan;

sabzavot soyasining yuqori hosil va sifatli mahsulot etishtirishda bahorgi muddatda ekish sxemalari ishlab chiqilgan;

sabzavot soyasining yangi istiqbolli mahalliy «Izumrud» navi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonning bo‘z tuproqlarida sabzavot soyasining etishtirishning maqbul ekish muddati va sxemalarini tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

bo‘z tuproqlar sharoitida sabzavot soyasini etishtirish bo‘yicha «O‘zbekistonda sabzavot soyasining etishtirish texnologiyalari» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. (Qishloq xo‘jaligi ekinlarini nav sinash davlat komissiyasining 2017 yil 8 noyabrdagi 53/4-488-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bo‘z tuproqlar sharoitida sabzavot soyasining etishtirishning maqbul ekish muddati va sxemalarini  bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.

sabzavot soyasining yuqori hosildor va dukkaklarning sifati bilan farqlanuvchi «Izumrud» navi yaratilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 02/22-537-son ma’lumotnomasi). Natijada sabzavot soyasining «Universal» navidan gektaridan o‘rtacha 98-120 sentner hosil olishga erishilgan;

sabzavot soyasining «Universal» navi urug‘larining yoppasiga unuvchanligiga erishish uchun urug‘larga ishlov berish usullari, ekishning bahorgi va yozgi (takroriy) muddatlari hamda ekinlarni joylashtirish sxemalari Toshkent, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida jami 60 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 02/22-537-son ma’lumotnomasi). Natijada sabzavot soyasining yashil dukkaklari hosildorligi gektariga 84,5 sentnerni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish