Narzikulova Firuza Boturovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘qituvchi kasbiy imidj salohiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini takomillashtirish», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/P78.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘sqobilovich psixologiya fanlari doktori, professor; Urazova Marina Botirovna pedagogika fanlari doktori, professor, Sobirova Dilafruz Abduroziqovna psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘qituvchining kasbiy imiji salohiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsiy sifatlarini stenlar shkalasi orqali kasbiy imijning intellektual, kommunikativ, regulyativ va emotsional jabhalarini tizimlashtirish natijasida boshlang‘ich ta’lim pedagogi faoliyat samaradorligini ta’minlovchi erudisiya, improvizatsiya, optimizm, real “Men”, topqirlik kabi kasbiy sifatlari aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida pedagogik vaziyatlarga nisbatan ijtimoiy tolerantlikni shakllantirish tufayli o‘zining emotsiyalarini boshqarish va o‘zini o‘zi tartibga solish ko‘nikmalarni kuchaytirilishi natijasida o‘quvchilarga nisbatan empatiya va nizoli vaziyatlarga nisbatan emotsional barqarorlikni shakllanganligi kasbiy imijning frustratsiyali holatlarni bartaraf etuvchi yetakchi xususiyatlar ekanligi isbotlangan;
ijtimoiy muhitga moslashuvchanlik imkoniyati yuqori bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisida kasbiy refleksiya va anturajning ta’sirini kuchaytirish sababli pedagog kasbiy imijining kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlanganligi dalillangan;
o‘zini tartibga solish va pedagogik qiyinchiliklarni engib o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim pedagoglari kasbiy imijlarini tarkib toptirishning psixologik to‘siqlarini (pedagogik nizo va ziddiyatlar) bartaraf etishda ijtimoiy obro‘siga ko‘ra qarshilik ko‘rsatish, o‘z manfaatlaridan voz kechish hisobiga yon berish, o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda hamkorlik xulq-atvor strategiyasiga tayanishlari isbotlangan;
kommunikativ sohasini optimallashtirishi uchun boshlang‘ich ta’lim pedagoglarini tahliliy-baholash, loyihalashtirish va amaliy-tadqiqotchilik faoliyatlariga jalb etish orqali hamkorlik muhitini shakllantirish natijasida ularda muayyan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va muammoli vaziyatlarni birgalikda hal qilish xususiyatlarini rivojlantirilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarda tatbiq qilingan:
shaxsiy sifatlarini stenlar shkalasi orqali kasbiy imijning intellektual, kommunikativ, regulyativ va emotsional jabhalarini tizimlashtirish natijasida boshlang‘ich ta’lim pedagogi faoliyat samaradorligini ta’minlovchi erudisiya, improvizatsiya, optimizm, real “Men”, topqirlik kabi kasbiy sifatlari aniqlanganligi bilan bog‘liq natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-8-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatida zamonaviy boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy va imidj salohiyatini shakllantirishga oid ilmiy, o‘quv-metodik ta’minoti boyitilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida pedagogik vaziyatlarga nisbatan ijtimoiy tolerantlikni shakllantirish tufayli o‘zining emotsiyalarini boshqarish va o‘zini o‘zi tartibga solish ko‘nikmalarni kuchaytirilishi natijasida o‘quvchilarga nisbatan empatiya va nizoli vaziyatlarga nisbat emotsional barqarorlikni shakllanganligi kasbiy imijning frustratsiyali holatlarni bartaraf etuvchi yetakchi xususiyatlar ekanligi isbotlanganligiga doir natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-8-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglarning o‘ziga xos qobiliyatlarini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganilgan ma’lumotlar asosida metodik ta’minotini kuchaytirish imkoniyatini bergan;
ijtimoiy muhitga moslashuvchanlik imkoniyati yuqori bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisida kasbiy refleksiya va anturajning ta’sirini kuchaytirish sababli pedagog kasbiy imijining kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlanganligi dalillanganligiga doir ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-8-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi faoliyati qobiliyatlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlar bazasini boyitishga imkoniyat yaratilgan;
o‘zini tartibga solish va pedagogik qiyinchiliklarni engib o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim pedagoglari kasbiy imijlarini tarkib toptirishning psixologik to‘siqlarini (pedagogik nizo va ziyaddiyatlar) bartaraf etishda ijtimoiy obro‘siga ko‘ra qarshilik ko‘rsatish, o‘z manfaatlarini voz kechish hisobiga yon berish, o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda hamkorlik xulq-atvor strategiyasiga tayanishlari isbotlanganligiga doir ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-8-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik faoliyati qobiliyatlarini shakllanishini ta’minlovchi mashg‘ulotlar bazasini boyitishga imkoniyat yaratilgan;
kommunikativ sohasini optimallashtirishi uchun boshlang‘ich ta’lim pedagoglarini tahliliy-baholash, loyihalashtirish va amaliy-tadqiqotchilik faoliyatlariga jalb etish orqali hamkorlik muhitini shakllantirish natijasida ularda muayyan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va muammoli vaziyatlarni birgalikda hal qilish xususiyatlarini rivojlantirilganligi aniqlanganligiga doir natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-8-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchi kasbiy imidj salohiyatini rivojlantirish, amaliyotchi psixologlar faoliyati jarayonida o‘qituvchi imidjining rivojlanishi yuzasidan ilmiy-nazariy baza boyitilgan.