Karimov Amrullo Ashurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rekreativlik – zamonaviy telejurnalistikaning global qonuniyati sifatida: milliy va xalqaro tajriba”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil469.
Ilmiy maslahatchi: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Normatov Karim Normatovich, tarix fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor; Muxamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi televidenieda rekreativ ko‘rsatuvlarning zamonaviy jurnalistikaning global qonuniyati sifatida o‘rni va ahamiyatini nazariy asoslashdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv davrida auditoriyaning axborot olish, uzatish va “hazm qilish”, rekreativ ko‘rsatuvlarning televizion faoliyatda tutgan o‘rni, ularning ixtisoslashuv, tijoriylashuv, xususiylashuv, mediakonvergensiya kontekstida shakllanish va rivojlanish tendensiyalari hamda yangi televizion formatlar mamlakatda mustaqillik yillarida tashkil topgan milliy telekanallar tajribasini xorijiy tajribaga qiyoslash orqali aniqlangan;
xos dasturlar soni ko‘payishining tovarlar va xizmatlar reklamasi, tijoriylashuv jarayoni bilan o‘zaro ta’siri masalalari hamda rekreativ ko‘rsatuvlarning afzalliklarini asoslash orqali, axborot bozori xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rekreativ ko‘rsatuvlarning kanallar mediabiznesini yuritishda zarurati isbotlangan;    
teleko‘rsatuvlarda auditoriya bilan jurnalist o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shakllari, ular o‘rtasidagi dialogning teng huquqli kommunikatsiya sub’ekti sifatida namoyon bo‘lishi usullari, jonli muloqot imkoniyatlari, milliy mentalitetga ta’siri “infoteyment”, “politeyment”, “infoshou”, “teleshou”, “realiti shou” uslubi va janridagi rekreativ ko‘rsatuvlar kontenti orqali ochib berilgan; 
rekreativlikning fiziologik va psixologik asoslari hamda imkoniyatlarini aniqlash orqali ko‘rsatuvlar sifatini yaxshilash, auditoriyani ko‘proq jalb etish; muayyan mavzu, muammolar bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirishga qaratilgan televizion dasturiy siyosat, milliy o‘ziga xoslikni targ‘ib etish, efir kontentini boyitish, jurnalistik mahoratni oshirish zaruratiga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
rekreativ teleko‘rsatuvlarga ehtiyoj ortishining ilmiy asoslari va o‘zbek televideniesida “alohida guruhlar madaniyati”, “sport jurnalistikasi”, “filojurnalistika”, “servis matbuoti”, “ayollar” va “erkaklar” jurnalistikasi kabi yo‘nalishlardagi rekreativ ko‘rsatuvlar tipologiyasi auditoriyaning yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei, qiziqishi, axboriy ehtiyojlariga ko‘ra aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rekreativlikning zamonaviy telejurnalistikaning global qonuniyati tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
globallashuv davrida auditoriyaning axborot olish, uzatish va “hazm qilish”, rekreativ ko‘rsatuvlarning televizion faoliyatda tutgan o‘rni, ularning ixtisoslashuv, tijoriylashuv, xususiylashuv, mediakonvergensiya kontekstida shakllanish va rivojlanish tendensiyalari hamda yangi televizion formatlar mamlakatda mustaqillik yillarida tashkil topgan milliy telekanallar tajribasini xorijiy tajribasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi buyurtmasiga asosan, 2019 yilda IV – Mediamarketing va menejment, VI – Audiovizual jurnalistika  jildlari yaratildi. “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-son farmoni bilan tasdiqlangan 2020 yil Davlat dasturi vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022 yil 17 martdagi 18-1118-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot sohasidagi milliy manfaatlarni belgilovchi yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish mexanizmlarini shakllantirish, aholining media savodxonligini oshirish hamda jurnalistika sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ularning huquq va majburiyatlarini anglashi, respublikaning global axborot makoniga sifatli integratsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni joriy etish imkonini bergan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 4 martdagi topshirig‘iga asosan axborot xizmatlari rahbarlari uchun o‘tkazilgan maxsus o‘quv seminarni o‘tkazishda  dissertatsiya natijalari ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan; 
xos dasturlar soni ko‘payishining tovarlar va xizmatlar reklamasi, tijoriylashuv jarayoni bilan o‘zaro ta’siri masalalari hamda rekreativ ko‘rsatuvlarning afzalliklarini asoslash orqali, axborot bozori xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rekreativ ko‘rsatuvlarning kanallar mediabiznesini yuritish zaruratiga oid natijalardan “O`zbekiston” va “O`zbekiston tarixi” telekanallari ijodkorlari ayrim ko‘rsatuvlari (“Oydin hayot LIVE”, “Assalomu O‘zbekiston!”, “Taqdimot”, “Hamma uchun” kabi) ssenariylarini shakllantirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 17 martdagi 01-06/617-son ma’lumotnomasi). Natijada, telekanalda milliy madaniyat va milliy o‘zlikni saqlagan holda rekreativlikning o‘ziga xos jihatlarini o‘zida jamlagan turkum dasturlar tayyorlangan; ularning janriy rang-barangligi, tomoshabinbopligini yaxshilashga erishilgan; 
teleko‘rsatuvlarda auditoriya bilan jurnalist o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shakllari, ular o‘rtasidagi dialogning teng huquqli kommunikatsiya sub’ekti sifatida namoyon bo‘lishi usullari, jonli muloqot imkoniyatlari, milliy mentalitetga ta’siri “infoteyment”, “politeyment”, “infoshou”, “teleshou”, “realiti shou” uslubi va janridagi rekreativ ko‘rsatuvlar kontentiga oid xulosalardan “Yoshlar” teleradiokanali dasturlarini tayyorlashda, rekreativ mazmundagi ko‘rsatuvlarda keng qo‘llash, shu mazmundagi ko‘rsatuvlar kontentini boyitish va ko‘rsatuvlar sifatini oshirishda foydalanilgan (“Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 17 martdagi 14-01/91-son ma’lumotnomasi). Natijada telekanalda yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan qiziqarli va kreativ dasturlar tayyorlash, kontentni boyitish, xorijiy telekanallarda qo‘llanilayotgan televizion formatlar va janrlarni qo‘llashga, moliyaviy mustaqillikka erishilgan;
rekreativlikning fiziologik va psixologik asoslari hamda imkoniyatlarini aniqlash orqali ko‘rsatuvlar sifatini yaxshilash, auditoriyani ko‘proq jalb etish; muayyan mavzu, muammolar bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirishga qaratilgan televizion dasturiy siyosat, milliy o‘ziga xoslikni targ‘ib etish, efir kontentini boyitish, jurnalistik mahoratni oshirish zaruratiga oid amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari kontenti, xususan, videoroliklar tayyorlashda, uyushma tomonidan OAV rahbarlari uchun o‘tkazilgan seminar-treninglarda foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining 2022 yil 18 martdagi 01-18/159-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalist va blogerlar uchun mahalliy va xorijiy axborotlarni berib borish, auditoriyaning bilim darajasini oshiruvchi nazariy-metodologik axborotlarga urg‘u berish, kreativ yondashuv asosida kontentni boyitish va samaradorlikka erishish imkonini bergan;
rekreativ teleko‘rsatuvlarga ehtiyoj ortishining ilmiy asoslari va o‘zbek televideniesida “alohida guruhlar madaniyati”, “sport jurnalistikasi”, “filojurnalistika”, “servis matbuoti”, “ayollar” va “erkaklar” jurnalistikasi kabi yo‘nalishlardagi rekreativ ko‘rsatuvlar tipologiyasi auditoriyaning yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei, qiziqishi, axboriy ehtiyojlariga oid xulosalardan “Mahalla” teleradiokanali faoliyatini kengaytirishda, shu bilan birga, shu mazmundagi ko‘rsatuvlar kontentini yanada boyitish va ko‘rsatuvlar sifatini oshirishda unumli foydalanilgan (“Mahalla teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 17 martdagi 01-15-181-son ma’lumotnomasi). Natijada rekreativ mazmundagi ko‘rsatuvlar kontenti yanada boyigan, ko‘rsatuvlar sifati oshdi va kanal mamlakat telekanallari reytingida yuqorilagan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish