Bakirov G‘ayrat Xoliqberdievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tektonik kuchlanishlar namoyon bo‘lgan zonalarda ruda konlari er osti lahimlarining turg‘unligini va xavfsizligini ta’minlash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2272.
Ilmiy rahbar: Melikulov Abdusattar Djabbarovich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, professor; Nazarov Zair Sodikovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqaviy tektonik kuchlanishlarning ta’sirini hisobga olgan holda rudniklarda er osti kon lahimlaridan uzoq muddat mobaynida foydalanish maqsadida ularning zarur turg‘unligini va xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan mustahkamlagichlarning me’yoriy ish rejimi saqlanishini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kon lahimining metall romli mustahkalagich tayanchiga yuklarning murakkab kombinatsiyasining ta’siri kontur bo‘ylab alohida romga va kon lahimi bo‘ylab qo‘shni romlarga notekis yuklanishiga olib kelish omillarining bog‘liqligi aniqlangan;
er osti rudniki sharoitlarida zamonaviy geofizik asboblar yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida kon lahimi atrofidagi massivning kuchlanish-deformatsiya holatiga prognoz berish va uning kon zarbasiga moyilligi darajasini baholash  metodikasi ishlab chiqilgan;
tajriba asosida aniqlangan muayyan deformatsiya xususiyatlariga ega bo‘lgan to‘ldiruvchi materialdan foydalanib uni kon lahimining deformatsiya qiluvchi konturi tomonidan siqilishi jarayonida tizimli nazorat qilish va konturli portlatishdan so‘ng hosil bo‘lgan g‘adir-budur konturidan yuklamalarning mustahkamlagichga ta’siri bir tekisda bo‘lishi jarayoni boshqarilishini ta’minlaydigan texnologik choralari ishlab chiqilgan;
maxsus profilli metall mustahkamlagich egiluvchan qismining kuchlanish holatini monitoring qilish va boshqarish bilan mustahkamlagich konstruksiyasiga yuklamaning bir tekis taqsimlanishini ta’minlash va shuning asosida uning turg‘unligi muddatidan oldin yo‘qotilishini bartaraf etish metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Er osti kon lahimlarining   turg‘unligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arka romli mustahkamlagichlarning turg‘unligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Qizil-Olma» konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 10 dekabrdagi AA-10111-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzoq vaqt mobaynida yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotmasdan butun kostruksiyani saqlab turish imkonini bergan;
tektonik kuchlanishlar ta’sirini hisobga olgan holda kon lahimi turg‘unligini oshirish imkonini beruvchi mustahkamlagichlarning parametrlarini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Qizil-Olma» konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 10 dekabridagi AA-10111-son ma’lumotnomasi). Natijada, yillik iqtisodiy samaradorlik 1000 m kon lahimini saqlab turish uchun harajatlarni qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish