Qosimov Diyorbek Ilxom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xlorpirifos va sipermetrin pestisidlari bilan ifloslangan tuproqlarning mikrobli remediatsiyasi», 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/V653.
Ilmiy rahbar: Zaynitdinova Lyudmila Ibraximovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori; Mamasalieva Laziza Elmuradovna,  biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pestisidlarni parchalovchi mikroorganizmlarni olish va ulardan xlorpirifos va sipermetrinni parchalash uchun foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston sharoitida xlorpirifos va sipermetrin pestisidlariga chidamli bo‘lgan mikroorganizmlar ajratib olingan;
pestisidlar bilan ifloslangan tuproqlardan xlorpirifos va sipermetrinni parchalovchi Ochrobactrum intermedium PDB – 3 mahalliy shtammi tanlab olingan va identifikatsiya qilingan;
ilk bor Ochrobactrum intermedium PDB – 3 shtammi asosida xlorpirifos va sipermetrin pestisidlarining parchalanishi uchun optimal sharoitlari tanlangan;
Ochrobactrum intermedium PDB – 3 shtammi va bioshlam asosida tuproqda xlorpirifos va sipermetrin pestisidlarining dastlabki miqdorining parchalanish jarayonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xlorpirifos va sipermetrin pestisidlari bilan ifloslangan tuproqlarning mikrobli remediatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bioshlam bilan boyitilgan pestisidlar bilan ifloslangan tuproqlardan ajratib olingan xlorpirifos va sipermetrinni parchalovchi Ochrobactrum intermedium bakteriya shtammi 16S rRNK nukleotidlar ketma-ketligi National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasiga Ochrobactrum intermedium – PDB – 3 sifatida OL587509.1. raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 25 noyabrdagi 4/1255-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada, pestisidlarni parchalovchi bakteriyalar shtammlarining to‘plam fondini boyitishi va elektron bazasi axborot tahlil tizimini shakillantirish imkonini bergan;
o‘simlik chiqindilarining anaerob bijg‘ishi natijasida hosil bo‘lgan biogaz shlami tarkibidagi mikroorganizmlar konsorsiumining destruktorlik faolligi Samarqand viloyati Narpay tumani «Mushkent yulduzi», «Narpay golden fruit», «Narpay nog‘oraxona paxtalari» fermer xo‘jaliklarida xlorpirifos+sipermetrin pestisidlar bilan ifloslangan maydonlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 8 sentyabrdagi 8/032-3674-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlardagi xlorpirifos+sipermetrin pestisidlarning  dastlabki miqdori bir oy vaqt mobaynida (may-iyun`) 72,4 %, 71% hamda 70,7 % gacha parchalanish imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish