Doliev G‘olibjon Alisherovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xom ashyolar asosida surkov kompozitlari va payvandlash elektrod komponentlarini olish texnologiyalari», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T555.
Ilmiy maslahatchi: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar:Zokirov Baxtiyor Sobirjonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Turaev Zokir, texnika fanlari doktori, dotsent; Dexkanov Zulfikaxar Kirgizbaevich texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: payvandlash elektrod simlarini cho‘zish uchun ishlatiladigan quruq surkov kompoziti hamda payvandlash elektrodini mahalliy xom ashyolar asosida olish texnogiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
import surkov kompozit komponentlarini tahlil etilgan holda yangi turdagi mahalliy surkov kompozitlarini tarkiblarini ularning sifat ko‘rsatgichlariga ta’sir etishi aniqlangan;
quruq surkov kompozit tarkibidagi organik komponentlarni miqdorini o‘zgartirish orqali maqbul kattaliklari va ularni metallarga adgeziyalik darajasi 1,15 marta katta ekanligi aniqlangan;
to‘ldiruvchi sifatida noorganik moddalarni maqbullashtirish orqali surkov kompozitini haroratga chidamliligini 190 dan 310oS ga oshishiga erishilgan;
olingan yangi elektrod qoplamalari va payvandlash elektrod namunalari ishlab chiqarish korxonalarda sinovdan o‘tkazilgan va ishlab chiqarishning asosiy kattaliklari aniqlangan;
yangi turdagi quruq surkov kompozitlari va import o‘rnini bosuvchi zamonaviy payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarish samarador texnologiyalarini ishlab chiqilgan;
yangi turdagi quruq surkov kompozitlari va import o‘rnini bosuvchi zamonaviy payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan, hamda olingan elektrodlarni import mahsulotlarga qaraganda ishlash davomiyligi 5% ga yuqori bo‘lishiga, shlak hosil bo‘lishi 3% ga kamayishiga va elektr toki sarfini 18% ga tejalishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xom ashyolar asosida surkov kompozitlari va payvandlash elektrod komponentlarini olish texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
po‘lat simlarni cho‘zishda ishlatiladigan mahalliy xom ashyolar asosida olingan quruq surkov kompozitini olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoat korxonalarining “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish materiallari sanoati korxonasi uyushmasi 2022 yil 22 avgustdagi 05/15-2098-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy kompozit xorijdan import qilinayotgan mahsulotdan: haroratga bardoshligi 190 dan 310oS ga, metall yuzalariga kompozitning adgeziyasi 15% ga yuqoriligi hamda tannarxi arzonligi, shuningdek raqobatbardosh material olish imkonini beradi;
mahalliy xomashyolar asosida payvandlash elektrodlarini butlovchi komponentlari olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoat korxonalarining “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish materiallari sanoati korxonasi uyushmasi 2022 yil 22 avgustdagi 05/15-2098 son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi elektrod mahsulotlarining texnik ko‘rsatgichlari, xususan: ularning ishlash davomiyligi 5% ga ortishi, shlak hosil bo‘lishi 3% kamayishiga va namgarchilikka bardoshligini ortishiga, elektr toki sarfi xorijdan keltirilayotgan mahsulotlarga qo‘yilgan texnik talablardan 18% ga samarali ekanligiga erishish imkonini beradi;
quruq surkov kompoziti va payvandlash elektrodlarini komponentlarini qo‘llash texnologiyasi “Ifoda Agrokimyo himoya” MChJ QKga qarashli “Mexmash” materiallarga ishlov beruvchi MJChda amaliyotiga joriy etilgan (“Ifoda Agrokimyo himoya” QK-MChJning 2022 yil 12 dekabrdagi 717-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom ashyolar asosida ishlab chiqarilgan quruq surkov kompoziti va payvandlash elektrodlari import mahsulotga nisbatan mos ravishda 35 va 27% ga arzonlashtirish imkonini bergan.