Usmanov Xikmatula Lutpullaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Noruda xomashyo resurslari va turli ishlab chiqarish qattiq chiqindilaridan kompleks foydalanib qurilish maqsadlaridagi silikat materiallarni olish asoslari», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15  – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T556.
Ilmiy maslahatchi: Qodirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik–texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noruda xomashyo resurslari va turli sanoat tarmoqlarining qattiq chiqindilaridan kompleks foydalanib, qurilish maqsadlaridagi silikat materiallarini ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
portlandsementning fizik-mexanik va texnologik xossalarining metallurgiya rudalarini boyitishda hosil bo‘ladigan flotochiqindilarining turi va miqdoriga bog‘liqligi asoslangan;
tarkibida flotatsiya boyitish chiqindilari bo‘lgan sement-qum aralashmalarining turli vaqtlaridagi  gidratatsiya va qotish jarayonlari aniqlangan; 
700-1200 °S haroratda termik ishlov berish natijasida qo‘rg‘oshin-rux va flyuoritni boyitish flotochiqindilari strukturasida yuzaga keladigan mineral fazalarning shakllanishi va qattiq fazali o‘zgarishlari aniqlangan;
kal`siy karbonatning parchalanish jarayonining hususiyatlari aniqlangan va ilk bor ikki komponentli «ohaktosh-flotochiqindi»  va uch komponentli «ohaktosh-flotochiqindi-toshqol» xomashyo kompozisiya-larining nisbat diagrammalari qurilgan;
sintez qilingan portlandsement toshining gidratatsiya, mineral hosil bo‘lish jarayonlariga, fizik-mexanik xossalariga toshqol va flotatsiya chiqindilari miqdorining ta’siri aniqlangan; 
ilk bor engil vaznli olovbardosh materiallarning tarkibi ishlab chiqilgan va maqbullashtirilgan, hamda ulardagi g‘ovak hosil bo‘lish jarayoniga va fizik-mexanik xossalariga turli sanoat chiqindilari miqdorlarining ta’siri aniqlangan; 
texnogen chiqindilardan foydalanib, g‘ovakli engil vaznli  olovbardosh materiallarning maqbul kuydirish rejimlari va olish  texnologiyasi ishlab chiqilgan;
issiqlikni himoyalovchi g‘ovakli engil vaznli materiallarning texnologik hususiyatlariga qattiq chiqindilarning miqdori va turlarining ta’siri aniqlangan, hamda maqbul tarkiblar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turli sanoat tarmoqlarining qattiq chiqindilari va noruda xomashyo resurslaridan kompleks foydalanib, qurilish maqsadlardagi silikat materiallarining tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
engil vaznli olovbardosh materialining ishlab chiqilgan tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (IAP 06262). Natijada, ishlab chiqilgan tarkiblar asosida engil vaznli olovbardosh materiallar olish imkonini bergan;
engil vaznli olovbardosh materialning ishlab chiqilgan tarkibi bunday materiallar olish uchun asos qilib olingan va «Bekabad-ogneupor» QKning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan  («Bekobod-ogneupor» QKning 2022 yil 29 avgustdagi 129-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi standart talablariga javob beruvchi, import o‘rnini bosuvchi engil vaznli olovbardosh material olish imkonini beradi;
flotochiqindilardan foydalanib ishlab chiqilgan klinker va sement tarkiblari va texnologiyalari   «Yuggazstroy» AJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan  («Yuggazstroy» AJning 2022 yil 07 noyabrdagi 1/06-425-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan portlandsement asosida amaldagi standart talablariga javob beruvchi yuqori markali betonlar olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish