Xakimov Al`bert Axmedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agaricus bisporus (Lange) Imbach etishtirishning agrobiologik asoslari va uni zararli organizmlardan himoya qilish», 06.01.06–Sabzavotchilik va 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx185.
Ilmiy rahbar: Gulmurodov Risqiboy Abdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Buriev Xasan Cho‘tbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Isomiddinov Ilxom To‘laevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamizda Agaricus turkumiga mansub zamburug‘larning tur tarkibi, tarqalishi, biologiyasi, himoyalangan joy sabzavotchiligida shampin`onni etishtirish texnologiyasining asosiy elementlarini takomillashtirish, ularning kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Agaricus turkumining Toshkent viloyatida 8 ta, oldin qayd etilmagan 2 ta turi, Qashqadaryo viloyatida esa 7 ta turi aniqlangan;
tabiatda tarqalgan A.bisporus dan himoyalangan maxsus inshootlarda etishtirish uchun shampin`onning I-24 shtammi olingan va va uni o‘stirish uchun eng yaxshi ozuqa muhitlari tanlangan;
bug‘doy somoni va tovuq go‘ngidan iborat substratdan standart usuldan 7-8 kun oldin tayyor bo‘ladigan va hosili 10-12% ga yuqori bo‘lgan qisqa muddatli usuli tavsiya etilgan va mahalliy sharoit uchun kompost sirtiga sepiladigan TBT+ChQT+Q+Bning 5,5:2:2:0,5 nisbatdagi samarali qoplag‘ich tuproq va unga qo‘shiladigan ozuqa qo‘shimchalari tarkibi aniqlangan;
himoyalangan joyda etishtirilayotgan shampin`on urug‘lik miseliysini ifloslanishiga sabab bo‘ladigan mikroorganizmlar turlari aniqlanib, ularni mikrobiologik nazorat qilish usuli ishlab chiqilgan;
shampin`on etishtirish davrida uning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladigan kasallik va zararkunandalarning tur tarkibi aniqlangan;
shampin`onni meva tanalarini etishtirishda zarar keltiradigan kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agaricus bisporus Imbach etishtirishning agrobiologik asoslari va uni zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
shampin`on noana’naviy sabzavot turini etishtirishda, qiqsqa muddatli kompost tayyorlash usuli, kompost sirtiga solish uchun TBT+ChQG+Q+B ning 5,5:2:2:0,5 nisbatdagi tarkiblari hamda qoplag‘ich tuproqqa qo‘shiladigan ozuqa qo‘shimchalari Toshkent viloyatidagi «Bo‘ka oltin kuz» dehqon xo‘jaligi va «Ittifoq-Abdumalikov Abdurazzoq» fermer xo‘jaliklarida hamda Andijon viloyatidagi «Oydin yo‘l durdonasi» va «Madragimov savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyatining 1600 m2 dan ortiq himoyalangan yopiq maxsus inshootlarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 yanvardagi 02/22-52-son ma’lumotnomasi). Natijada hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 19,5-25,0 foizga yuqori bo‘lgan va shampin`on meva tanalarini etishtirishda iqtisodiy samaradorlik 1 m2 da 8,5; 30,9; 34,5 ming so‘mni tashkil etgan;
Andijon viloyati xo‘jaliklarida shampin`onning etishtirish kamerasida aniqlangan zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash choralari sifatida Dimilin, 25% nam.k., Nomolt, 15% sus.k. insektisidlari hamda Bravo, 500 g/l, s.k. va Sporgon, 500 g/kg, n.k. fungisidlari joriy etilgan («O‘zagrokimyohimoya» aksionerlik jamiyatining 2018 yil 23 fevraldagi 02-13/346-son ma’lumotnomasi). Natijada etishtirish kameralaridagi shampin`on meva tanalari hosildorligi nazorat variantiga nisbatan har m2 dan 2,2; 3,5 va 4,2 kg hosilni saqlab qolishga erishilgan.