Idiev G‘ayrat Elmurodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chakka – pastki jag‘ bo‘g‘imi patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashda fanlararo yondashuvni takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib605.
Ilmiy maslahatchi: G‘afforov Sunatullo Amrullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bulicheva Elena Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chakka – pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyat buzilish sindromlariga tashhis qo‘yish va davolashda fanlararo yondashuvni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘im faoliyati buzilishi va tizimdagi sindromlarni tashxislashda funksional va tibbiy-instrumental moslamalarni o‘rnida va to‘g‘ri foydalanish hamda har bir bemorga individual yondashuv, qishloq vrachlik ambulator sharoitda erta tashxis qo‘yish imkoni mavjudligini ilk bor asoslangan;
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘im faoliyati buzilish va tizimdagi sindromlarni etiologik omillarini erta va to‘g‘ri aniqlash imkoni qishloq vrachlik ambulator sharoitda mavjud stomatolog, umumiy terapevt va nevropatolog mutaxassislari kompleks yondashuvining hamda umumlashgan funksional-instrumental tekshirish usullaridan unumli foydalanish samarasi ekanligi isbotlangan;
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘im faoliyati buzilish va tizimdagi sindromlarni funksional-instrumental tekshirishlar yordamida erta va sifatli tashxisi, ilk bor klinik-funsional, morfologik, uskunaviy tekshirish natijalari bilan o‘z isbotlangan;
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyat buzilish sindromlarini samarali davolash patologik jarayonning etiopatogenezini o‘z vaqtida va tubdan bartaraf etishga, davo-profilaktika muolajalarida mutaxassislarning kompleks yondashuviga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chakka – pastki jag‘ bo‘g‘imi patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashda fanlararo yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida:
bemorlarda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyat buzilishlari mavjud bemorlarni davolashda fanlararo yondashuv usullarini aniqlash imkonini bergan «Chakka – pastki jag‘ bo‘g‘imi patologiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashda fanlararo yondashuv usullari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyuldagi 8n-r/774-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chakka – pastki jag‘ bo‘g‘imi funksional buzilish sindromlarini davolashda nevrolog, psixoterapevt va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda tibbiy muolajalar o‘tkazish, individual stomatologik-gnatologik muolajalarga nisbatan ijobiy natijalar olinishi imkonini bergan;
bemorlarda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyat buzilishlari mavjud bemorlarni tashxislashda qo‘llanilgan klinik, funksional tekshirish usullaridan optimal foydalanish imkonini beruvchi «Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi funksional buzilishi mavjud bemorlarni tashxislash usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyuldagi 8n-r/775-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi funksional buzilish sindromlarini tashxislashda individual yondashuvning qo‘llanilishi, boshqa mutaxassislar va zamonaviy uskunaviy moslamalarni jalb qilmasdan, ambulator-poliklinikalar sharoitida tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini bergan;
bemorlarda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyatidagi og‘riqli sindromlarga kompleks davolash natijalarini tahlil qilish imkonini bergan «Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi funksional buzilishi mavjud bemorlarni davolash natijalari tahlili» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyuldagi 8n-r/776-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi funksional buzilishlari mavjud bemorlarni kompleks davolash usullari samaradorligini ochib berish imkonini bergan;
chakka – pastki jag‘ bo‘g‘imi patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashda fanlararo yondashuvni takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy kompleks yondashuvlari asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi, Qashqadaryo, Xorazm va Jizzax viloyat bolalar stomatologiyasi poliklinikalari klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 08.07.2022 yildagi 8n-z/364-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyat buzilish sindromiga tashxis qo‘yish, davolash va profilaktika qilish, ularning oqibatlarini kamaytirish, ortopedik davolashda aholi orasida kasallikning kamayishiga olib keladi, sifatli tibbiy-ijtimoiy bog‘liqlikdagi mutaxassislar orasida kasbiy bog‘liqlik shakllantirish imkonini bergan.