Sattarov Utkir Urazalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis tilini ikkinchi til sifatida masofaviy o‘qitishda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2273.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped 83.01.
Rasmiy opponentlar: Rashidova Feruza Musaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ziyaeva Sevara Aktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida masofaviy o‘qitishda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda, yangi avlod darsliklarining talabalarda grammatika, fonetika, leksika va stilistikaga oid malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishi, ularning lingvistik, kommunikativ, sotsiolingvistik, diskursiv, strategik, kasbiy, umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishi, milliy va xorijiy nemis tili darsliklarining tizimli tahlilini olib borish asosida isbotlangan;
nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlari va adabiyotlar tahlilini xalqaro darsliklarda berilgan manbalarni va ma’lumotlarni sintezlash, ya’ni milliy ma’naviyatimiz, madaniyatimiz hamda mentalitetimizga mos ma’lumotlarni yangi avlod darsliklarida eks ettirish aniq misollar, xalqaro va milliy o‘quv adabiyotlar orqali dalillangan;
talabalarda muloqot, yaratuvchanlik, innovatorlik, moslashuvchanlik, samaradorlik, hamkorlikda ishlash va axborot texnologiyalarini qo‘llash, ijtimoiy va madaniyatlararo muloqot, tanqidiy fikrlash hamda muammoga echim topish kabi ko‘nikmalarning rivojlantirilishi va ularning bugungi kundagi yangi avlod o‘quv adabiyotlariga singdirilishi lozim ekanligi asoslab berilgan;
yangi avlod o‘quv adabiyotlarining to‘rt xil turi ya’ni, bugungi ijtimoiy hayotning turli zaruriy sohalari bo‘yicha nemis tilida materiallarni qamrab olgan kurs kitobi, nemis tilining grammatik sohalari bo‘yicha zaruriy bilimlarni qamrab olgan grammatika kitobi, mashg‘ulotlarni qanday tashkillashtirish va olib borish bo‘yicha o‘qituvchiga uslubiy qo‘llanma bo‘lgan o‘qituvchi kitobi hamda talabaning o‘rgangan bilimlarini mashg‘ulotda va mustaqil ta’limda mustahkamlashga yordam beradigan mashqlar to‘plami – o‘quv resurlari bo‘lishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida masofaviy o‘qitishda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy natijalar hamda amaliy takliflar quyidagi loyihalarda tatbiq etilgan:
nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda, yangi avlod darsliklarining talabalarda grammatika, fonetika, leksika va stilistikaga oid ko‘nikma malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishi, ularning lingvistik, kommunikativ, sotsiolingvistik, diskursiv, strategik, kasbiy, umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishi, milliy va xorijiy nemis tili darsliklarining tizimli tahlilini olib borish asosidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasidan foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 21 fevraldagi 230/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy pedagogik ta’lim tizimini tashkil etishda yuqori sifatli darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish zamonaviy, tez o‘zgaruvchan dunyoda, kerakli bilimlarni taqdim etish va tarqatish o‘quv jarayonida turli xil ilmiy va kasbiy mazmundagi ma’lumotlarni maxsus formatlangan didaktik vosita yordamida foydalanuvchiga etkazash imkoniyatlari yaratilgan;
nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlari va adabiyotlar tahlilini xalqaro darsliklarda berilgan manbalarni va ma’lumotlarni sintezlash, ya’ni milliy ma’naviyatimiz, madaniyatimiz hamda mentalitetimizga mos ma’lumotlarni yangi avlod darsliklarida eks ettirish aniq misollar, xalqaro va milliy o‘quv adabiyotlarining tahlili orqali dalillanganligi Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 9 fevraldagi 223/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni joriy etish natijasida masofaviy ta’limda elektron o‘quv materiallarning o‘rni o‘ziga xos bo‘ladi. Xuddi shu tendensiyalar bugungi kunda elektron o‘quv vositalarini yaratish va ulardan foydalanish sohasida ba’zi nazariy va amaliy yutuqlarga ega bo‘lgan chet tillarini o‘qitish metodikasida ham yangi usullarga erishilgan.
mul`timedia texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan, ta’limda elektron axborot resurslarining asosiy turlari axborot qidirish va ma’lumotli mul`timedia tizimlarini yaratish bo‘yicha dissertatsiyada ishlab chiqilgan tavsiyalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 9 fevraldagi 222/30.02.01-son ma’lumotnomasi asosida). Natijada, ushbu jarayonda axborot resurslari va ulardan foydalanishdagi asosiy ob’ektlar mul`timedia ensiklopediyalari, ta’lim oluvchilarning ko‘nikmalari, elektron simulyatorlar, matematik va simulyasion modellashtirish uchun mul`timedia vositalari, masofaviy o‘qitish laboratoriyalari va virtual laboratoriyalar uchun mul`timedia vositalari, avtomatlashtirilgan o‘quv tizimlari, mutaxassislarni tayyorlash tizimlari, intellektual o‘qitish tizimlari, elektron mul`timedia darsliklari kabi yangiliklarga erishilgan.
nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida masofaviy o‘qitishda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini takomillashtirishning nazariy xulosalari va tahlili ilgari surilgan ilmiy natijalaridan Samarqand viloyat telekompaniyasida 2022 yilning 8 iyun` kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 iyuldagi 01-12/258-son ma’lumotnomasi asosida). Natijada ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega tavsiyalar haqida ma’lumot berilgan va keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan.