Xakimova Saida Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX – XX asr boshida O‘zbekiston hududida gidrografik tadqiqotlar tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar433.
Ilmiy rahbar: Arslonzoda Rahmatjon Arslonboevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti. PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich geografiya fanlari doktori, professor; Hasanov Jasur Mamatqodirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi O‘zbekiston hududida XIX – XX asr boshlarida olib borilgan gidrografik tadqiqotlar tarixi, ularning maqsadi, yo‘nalishlari va natijalarini kompleks ravishda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX – XX asr boshlarida O‘zbekiston hududida asosan rus olimlari va harbiylari tomonidan olib borilgan gidrografik tadqiqotlar harbiy-strategik, iqtisodiy va ilmiy-amaliy maqsadlarda amalga oshirilganligi dalillangan;
mazkur davrda O‘zbekiston hududidagi suv havzalarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar uch bosqichda amalga oshirilganligi hamda birinchi bosqichda (XIX asrning 20-30-yillari) suv havzalari haqida alohida tadqiqotchilar tomonidan izchil bo‘lmagan dastlabki ma’lumotlar to‘plangani, ikkinchi bosqichda (XIX asrning 40-80-yillari) tadqiqotlar tizimli, izchil va uyushgan ravishda aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda olib borilgani, uchinchi bosqichdagi (XIX asr 90-yillaridan 1917 yilga qadar) gidrografik tadqiqotlar esa asosan yangi erlarni o‘zlashtirish va sug‘orish tizimini rivojlantirish, gidrotexnik inshootlar va suv omborlarini barpo etish maqsadida olib borilgani asoslangan;
Orol dengizini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ilmiy ekspedisiyalar faoliyati davomida XIX asrdayoq ushbu ko‘lning asta-sekinlik bilan sayozlashib borishi tendensiyasi kuzatilgani aniqlangan;
Amudaryoni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning salmoqli qismi uning oqimini Kaspiy dengiziga burish orqali Rossiyadan O‘rta Osiyoga eltuvchi yaxlit suv yo‘lini barpo etish g‘oyasini o‘z ichiga olgan “Amudaryo masalasi” echimini topishga qaratilgani, Sirdaryo havzasida o‘tkazilgan tadqiqotlar esa daryoda kema qatnovini yo‘lga qo‘yish hamda suv resurslaridan qo‘riq erlarni, xususan, Mirzacho‘lni sug‘orishda foydalanish kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lgani ko‘rsatib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX – XX asr boshida O‘zbekiston hududida gidrografik tadqiqotlar tarixi mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Amudaryoni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning salmoqli qismi uning oqimini Kaspiy dengiziga burish orqali Rossiyadan O‘rta Osiyoga eltuvchi yaxlit suv yo‘lini barpo etish g‘oyasini o‘z ichiga olgan “Amudaryo masalasi” echimini topishga qaratilgani, Sirdaryo havzasida o‘tkazilgan tadqiqotlar esa daryoda kema qatnovini yo‘lga qo‘yish hamda suv resurslaridan qo‘riq erlarni, xususan, Mirzacho‘lni sug‘orishda foydalanish kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lganiga oid natijalardan O‘zR FA Tarix institutida bajarilgan OTF–1135 raqamli “XIX – XX asr boshlarida o‘zbek xalqining intellektual-madaniy merosi: an’analar va transformatsiya jarayonlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 15 dekabrdagi 3/1255-3503-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmunini ilmiy faktlar bilan boyitilishiga erishilgan;
Orol dengizi va Sariqamish ko‘li tarixi, Orol dengizini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ilmiy ekspedisiyalar faoliyati davomida XIX asrdayoq ushbu ko‘lning asta-sekinlik bilan sayozlashib borishi tendensiyasi kuzatilgani haqidagi xulosalardan “Dunyo bo‘ylab” telekanalida 2019 yilda namoyish etilgan “Suv yoqalab” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo’ylab” telekanali davlat unitar korxonasining 2021 yil
13 dekabrdagi 08-14-323-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturning Orol dengizi, Sariqamish ko‘liga oid ma’lumotlarga, ilmiy dalillarga boy va qiziqarli bo‘lishi ta’minlangan.