Akbarov Ravshan Xalimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda parlamentchilik g‘oyasining vujudga kelishi, rivojlanishi va uni amalga oshirish uchun kurash (XIX asr oxiri – 1918 yil)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tar389.
Ilmiy rahbar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti. PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdullo Nuritdinovich, tarix fanlari doktori; Rasulov Baxtiyor Mahmudovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi: maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida parlament haqidagi qarashlarning vujudga kelishi, rivojlanib borishi va uni hayotga tadbiq etish uchun olib borilgan kurash tarixini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkistonda parlamentchilik haqidagi qarashlar XIX asr oxiri – XX asr boshida dastlab g‘oyaga, 1917 yilga kelib amaliy harakatga aylanganligi dalillangan;
Turkistonda shakllangan siyosiy g‘oyalarning Rossiyadagi islohotchilik harakati bilan uzviy bog‘liqligi, milliy demokratlarning parlamentchilik haqidagi qarashlarida “odil podsho” konsepsiyasi ustivor ahamiyat kasb etganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
Rossiya imperiyasidagi siyosiy o‘zgarishlar, Davlat dumasining tashkil etilishi va unda o‘lka vakillari ishtiroki hamda 1917 yil Muvaqqat hukumat tomonidan siyosiy erkinliklar berilishi natijasida davlat boshqaruvining respublika shakli tarafdorlari oshib borishi orqali  konservativ qarashlar liberal-islohotchilik tomon o‘zgarganligi isbotlangan;
Turkiston milliy demokratlari orasida bo‘lajak davlat boshqaruviga nisbatan turlicha qarashlar 1917 yil may oyidayoq yuzaga chiqib, sentyabr`-oktyabr` oylarida ular o‘rtasida butkul bo‘linishga olib kelganligi, bu holat Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat hukumati va Xalq Sho‘rosi ishiga katta zarar etkazganligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda parlamentchilik tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
dissertatsiyaning “Rossiya imperiyasi davrida Turkistonda parlamentchilik harakatlari” nomli ikkinchi bobida parlamentchilik haqidagi qarashlar XIX asr oxiri – XX asr boshida dastlab g‘oyaga, 1917 yilga kelib amaliy harakatga aylanganligi, o‘lkada shakllangan siyosiy g‘oyalarning Rossiyadagi islohotchilik harakati bilan uzviy bog‘liqligi sababli milliy demokratlarning parlamentchilik haqidagi qarashlarida “odil podsho” konsepsiyasi ustivor ahamiyat kasb etganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining “Rossiya imperiyasi davrida Turkistonda parlamentchilik harakatlari” fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2022 yil 28 apreldagi 78-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi mazkur fondni faktik materiallar va ma’lumotlar bilan yanada boyitishga ko‘mak berib, Turkistonning o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol qatnashgan milliy taraqqiyparvarlar merosini ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan;
Rossiya imperiyasidagi siyosiy o‘zgarishlar, Davlat dumasining tashkil etilishi va unda o‘lka vakillari ishtiroki hamda 1917 yil Muvaqqat hukumat tomonidan siyosiy erkinliklar berilishi natijasida davlat boshqaruvining respublika shakli tarafdorlari oshib borishi orqali  konservativ qarashlar liberal-islohotchilik tomon o‘zgarganligi, Turkiston milliy demokratlari orasida bo‘lajak davlat boshqaruviga nisbatan turlicha qarashlar 1917 yil may oyidayoq yuzaga chiqib, sentyabr`-oktyabr` oylarida ular o‘rtasida butkul bo‘linishga olib kelganligi, bu holat Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat hukumati va Xalq Sho‘rosi ishiga katta zarar etkazganligi kabi masalalarga oid xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” davlat unitar korxonasining 2022 yil 
26 apreldagi 40-85234-son ma’lumotnomasi). Natija Turkiston o‘lkasida parlamentchilik g‘oyasining vujudga kelishi va rivojlanishi to‘g‘risida yangi tarixiy ma’lumotlarni teletomoshabinlarga qiziqarli tarzda etkazib berilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish