Farmanova Gulnara Komilevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda arxeologiya maktabining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari (Samarqand So‘g‘di arxeologik o‘rganilishi materiallari asosida)», 07.00.08 – «Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari» (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar1012.
Ilmiy rahbar: Isamiddinov Muhammad Xasanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti. PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Alimova Diloram Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi Zarafshon vodiysini arxeologik o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar tarixshunoslik tahlilidan, arxeologik ob’ektni o‘rganish metodologiyasini o‘sishida yangi usullarning paydo bo‘lish jarayonlarini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyo hududida Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinguniga qadar arxeologik qidiruv ishlari umuman olib borilmaganligi aniqlanib, XIX asrning oxirgi choragidan XX asrning 30-yillarigacha Afrosiyobda olib borilgan arxelogik qazuv ishlari havaskor «xazina qidiruv» uslubidagi qazishmalardan iborat bo‘lganligi dalillangan;
XX asrning 30–50-yillarida Zarafshon vohasining Tali-Barzu va Afrosiyob yodgorliklarida G.V.Grigor`ev va A.I.Terenojkin tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida O‘rta Osiyoning tuproqli arxitekturasi sharoitida qazishmalar o‘tkazish uslublariga asos solinganligi isbotlangan;
XX  asrning 60-80 yillarida  O‘zbekistonda klassik arxeologiya fani o‘zining yuqori nuqtasiga chiqqanligi, bunga «O‘rta Osiyo Pompeyi» deb nom olgan Panjikent xarobalarida A.Yu.Yakubovskiy, O.G.Bol`shakov, A.M.Beleniskiy va B.I.Marshaklarning o‘rni va roli muhim bo‘lganligi ochib berilgan; 
mustaqillikdan keyin O‘zbekiston arxeologiyasi dunyoning eng ilg‘or arxeologiya maktablari bilan aloqa o‘rnatishi natijasida jahon arxeologiyasi darajasiga aylanganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda arxeologiya maktabining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari (Samarqand So‘g‘di arxeologik o‘rganilishi materiallari asosida) olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
XIX asrning ikkinchi yarmidan XXI asr boshlariga qadar Zarafshon vodiysida rivojlangan arxeologik tadqiqot va qazish usullarini takomillashish jarayonlarini o‘rganish davomida olingan ilmiy natijalardan foydalanish orqali Mustaqillik davrida O‘zbekistonda arxeologiya maktabining tashkil etilishi va rivojlanishi, arxeologlarning xizmatlari va arxeologik tadqiqotlar olib borishning amaliy usullari XIX asrning ikkinchi yarmidagi eng quyi darajadan, Xalqaro darajaga chiqishining yosh avlod qalbida milliy g‘urur hissi o‘yg‘onishidagi ahamiyati,  shuningdek hozirgi bosqichda arxeologiyani rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, yosh avlodni buyuk madaniy va ma’naviy merosimizga sodiqlik asosida tarbiyalash borasida berilgan tavsiyalar va xulosalar meros, ekspedisiya transferi skriptini tayyorlashda manba sifatida ishlatilgan, 2021 yilda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo boʻylab» telekanalida ko‘rsatilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo boʻylab» telekanali davlat muassasasining 2021 yil 19 noyabrdagi 08-14-310-son ma’lumotnomasi) Natijada dasturning yangiligi va yuqori informatsionligi ta’minlanishiga erishilgan;
Farg‘ona viloyati Tarix va madaniyat muzeyining «Tarix» bo‘limi O‘zbekistonda arxeologiya maktabining rivojlanishi va bosqichlari, arxeologik obidalar, arxeologik tadqiqot usullari, Zarafshon vodiysi arxeologik qazishmalarini olib borgan sharqshunos olimlar va arxeologlar, shuningdek, xalqaro arxeologik ekspedisiyalar materiallari va natijalari hamda hozirgi bosqichda arxeologiyaning rivojlanish istiqbollari haqida yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2022 yil 28 yanvardagi 01-01/271-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasida eng yangi texnik vositalar va texnologiyalardan foydalangan holda arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek, arxeologik yodgorliklarda muzeylarni tashkil etish istiqbollari to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish imkoniyati yaratildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish