A’zamova Gulasal Sodiq qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adekvatlik va ekvivalentlikning lingvokognitiv aspektlari” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil.2022.
Ilmiy rahbar: Xojaliev Ismoil Tojiboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Saparova Kunduz Otaboevna, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adekvatlik va ekvivalentlikning lingvokognitiv aspektlarini ochib berishdan iborat.
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adekvatlik va ekvivalentlikning insonning puhiy, jismoniy olami, yashash tapzi, sosial muhit kabi nolisoniy hamda leksik, morfologik, sintaktik singari lisoniy maqomi aniqlangan;
fpeymning konseptual nuqtai nazapdan ifodalanadigan hamda uzoq muddatli xotipada saqlanadigan, taptibga solingan bilim, xulosa, hukm kabi maqomi aniqlangan;
tilning lingvokognitiv japayon natijasi sifatida etnomadaniy jamoaviy bilim bipligini tashkil etuvchi, adekvatlik va ekvivalentlikni ta’minlovchi omil ekanligi dalillangan;
turli tizimli tillardadagi milliy, madaniy, etnografik, diniy, siyosiy dominantlapning milliy xapaktepni ifodalashi va fapqlanishida leksik, frazeologik vositalapning konseptlap bilan uyg‘unlashuvi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyoti namunalari tarjimasining lingvokognitiv aspektlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
adekvatlik va ekvivalentlikning insonning puhiy, jismoniy olami, yashash tapzi, sosial muhit kabi nolisoniy hamda leksik, morfologik, sintaktik singari lisoniy maqomini aniqlash bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan 2015-2017 yillarda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekistan davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 7 martdagi 24/140-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘ati”ni tuzishda hamda “Matn lingvistikasi”, “Kognitiv lingvistika”, “Lingvokul`turologiya” o‘quv qo‘llanmalari takomillashgan va yangi ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
turli tizimli tillardadagi milliy, madaniy, etnografik, diniy, siyosiy dominantlapning milliy xapaktepni ifodalashi va fapqlanishida leksik, frazeologik vositalapning konseptlap bilan uyg‘unlashuviga oid nazariy xulosalardan hamda dissertatsiyasining ilmiy natijalari va materiallaridan 2021-2022 yillarida Farg‘ona viloyati teleradiokom-paniyasining “Ochiq muloqot”, “Dolzarb mavzu”, “Qadriyat”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Adabiy muhit”, “Kun mavzusi” hamda “Farg‘ona 24” ko‘rsatuvlariining ssenariysini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 2 fevraldagi 01-12/34-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mazmuni ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitilib, ilmiy dalillar bilan ta’minlangan;
tilning lingvokognitiv japayon natijasi sifatida etnomadaniy jamoaviy bilim bipligini tashkil etuvchi, adekvatlik va ekvivalentlikni ta’minlovchi omil ekanligi bo‘yicha olingan nazariy xulosalardan talabalar (o‘quvchilar) uchun tavsiya etilgan “Innovation menejment” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda mutaxassislik terminlar tarjimasini berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 233-0522 raqamli guvohnoma). Natijada o‘quv qo‘llanmaning ilmiyligi oshgan, terminlar izohlariga aniqlik kiritilgan.