Jalolov Xurshidbek Xurram o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarining chigit tuki rangiga bog‘liq holda irsiylanishi», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx18.

Ilmiy rahbar: Raxmonqulov Said-Akbar Raxmonqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zada qimmatli xo‘jalik belgilarining chigit tuki rangiga bog‘liq holda irsiylanishi, belgilarning ijobiy majmuiga ega bo‘lgan oila va tizmalarni ajratish hamda boshlang‘ich ashyo sifatida seleksion-genetik jarayonlarga tavsiya etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor g‘o‘zada chigit tuki turli rangga ega bo‘lgan tizmalarni diallel` tizimida chatishtirish asosida duragaylar olishga erishilgan;

chigit tuki rangining 2 ta genlar bilan nazorat qilinishi hamda belgining G‘2 duragaylarda genlarning komplementar va epistatik ta’siri ostida irsiylanishi aniqlangan;

olingan G‘1-G‘3 duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi va chigit tuki rangiga ko‘ra qimmatli xo‘jalik belgilarining bir-biri bilan bog‘liqligi aniqlangan;

chigit tuki turli rangdagi tizmalarning ijobiy belgilari bir genotipda jamlangan duragaylar ajratib olingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

G‘o‘za duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarining chigit tuki rangiga bog‘liq holda irsiylanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

qimmatli xo‘jalik belgilari majmuiga ega yangi «S-211», «S-2120»  g‘o‘za navlari yaratilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi 2018 yil 15 yanvardagi 53-4/25-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur g‘o‘za navlaridan andoza navga nisbatan gektaridan 3-5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan va tezpisharlik hisobiga birinchi terim salmog‘ining oshishiga imkon yaratilgan;

g‘o‘zaning yangidan yaratilgan «Istiqlol-14» va «S-2118» g‘o‘za navlariga seleksiya yutug‘iga patentlar olingan (NAP 00134), (NAP 00155).

o‘rta tolali «Istiqlol-14» g‘o‘za navi 2016 yildan Andijon viloyati uchun rayonlashtirilgan va qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reestriga kiritilgan hamda mazkur viloyatda 2014 yilda 356 gektar, 2015 yilda 283 gektar, 2016 yilda 680 gektar, 2017 yilda 1285 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 yanvardagi 07/20-92-son ma’lumotnomasi). Natijada «Istiqlol-14» g‘o‘za  navidan gektaridan  30-32,0 sentner paxta hosili olingan va andoza navga nisbatan qo‘shimcha 6-8 sentner va rentabellik darajasi 16-20 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish