Sharipova Nargizaxon Abduqahhorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 60-80-yillarida O‘zbekiston o‘qituvchilarining kundalik hayoti tarixi ( Andijon, Namangan, Farg‘ona oblastlari misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar650. 
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Ergashev Shuhrat Ergashevich, tarix fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot:  O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XX asrning 60-80 yillarida O‘zbekiston, xususan Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari o‘qituvchilarining kundalik hayoti tarixini ochib berishdan iborat.   
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
maorif sohasidagi o‘zgarishlar o‘qituvchilar tayyorlash tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida o‘qituvchilar soni ko‘payib, jamiyatda ularning hurmati oshib borganligi, biroq ish faoliyati davomida aksariyat o‘qituvchilarni uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji echib berilmaganligi sababli ish joylarini tashlab ketish va kasbini o‘zgartirish holatlari paydo bo‘lib, oqibatda maktablarda mutaxacsislar etishmovchiligi kelib chiqqanligi dalillangan;
sovet hokimiyati hukmronlik yillarida hukumat siyosatini aholi ongiga etkazish, partiya ishlarini qo‘llab-quvvatlash, doimiy ravishda qishloq xo‘jalik va jamoat ishlariga jalb qilinishi kabi omillar oqibatida ta’lim sohasi vakillarini hukumat siyosati mexanizmiga aylanib qolganligi isbotlangan;
oylik ish haqi ko‘rsatkichlari dinamikasi asosida aholi daromadlarining shakllanishida hunarmandchilik, tomorqa va chorva xo‘jaligi yetakchi o‘rin tutganligi aniqlanib, Farg‘ona vodiysi o‘qituvchilarining qo‘shimcha daromad manbalarini asosiy shakllari – ekin ekish, chorva mollari parvarishi, kosibchilik, duradgorchilik, tikuvchilik, kasanachilik, asalarichilik kabi hunarmandchilik turlari tashkil etganligi dalillangan;
o‘qituvchilarning mavjud iqtisodiy va turar-joy muammolarini hal qilish borasida 1948-1966 yillarda qabul qilingan qarorlar ijrosiga sovuqqonlik bilan qarash oqibatida imtiyozlardan foydalanish darajasini pasayib borganligi aniqlangan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning 60-80-yillarida O‘zbekistonning Andijon, Namangan, Farg‘ona oblastlari o‘qituvchilarining kundalik hayoti tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XX asrning 60-90 yillaridagi O‘zbekiston, xususan Farg‘ona vodiysidagi o‘qituvchilar tayyorlash tizimini shakllanib borishi, o‘qituvchilar sonini ko‘payishi va ulardagi gender tarkibning o‘zgarishi, Farg‘ona vodiysi o‘qituvchilarining kundalik hayoti tarixiga oid yangi ma’lumotlardan Farg‘ona oblast tarixi va madaniyati davlat muzeyi va uning filiallarida ekspozision rejalarni tuzish, ko‘rgazmalar tashkil etish hamda ekskursiya matnlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2021 yil 27 oktyabrdagi 03-46/9651-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma Farg‘ona viloyati umumta’lim maktablari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish fanlarida qo‘llanilishi uchun asos bo‘lgan;
O‘zbekistonda o‘qituvchi-kadrlar tayyorlash tizimidagi o‘zgarishlar, Farg‘ona vodiysi o‘qituvchilarining iqtisodiy ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari dinamikasi, moddiy etishmovchilikni bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha daromad olish usullari, turar-joy bilan ta’minlanish va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish masalalariga doir yangi ilmiy xulosa va natijalardan ”O'zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yil 24 noyabr kuni efirga uzatilgan ”Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ”O'zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 3 dekabrdagi 01-40-1809-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘p sonli teletomoshabinlarda XX asrning 60-80-yillarida Farg‘ona vodiysi o‘qituvchilarining ijtimoiy turmush tarzi va kundalik hayoti to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish