Badalov Azizbek Abdumalikovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona oblastida sog‘liqni saqlash tizimi va undagi o‘zgarishlar: tarixiy tahlil (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar391. 
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Choroev Tinchtikbek Kadirmambetovich, tarix fanlari doktori, professor; Mo‘minova Gavhar Esonovna, tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot:  Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Farg‘ona oblastida sog‘liqni saqlash tizimi va undagi o‘zgarishlar jarayonlari tarixini ochib berishdan iborat.   
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Farg‘ona oblastida dastlabki tibbiy muassasalar tarmog‘i – qishloq vrachlik uchastkalari tashkil etilishi, sog‘liqni saqlash tizimining qaror topishi jarayonida Rossiyaning markaziy guberniyalari va Turkiston o‘lkasi, jumladan, Farg‘ona oblasti o‘rtasida gender va ijtimoiy farqlar mavjud bo‘lganligi ochib berilgan;  
Farg‘ona oblastida dastlabki ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari bepul shifoxonasining tashkil etilishi va uning nafaqat Farg‘onada, Turkistonning boshqa oblastlarida ham dong taratib, aholiga samarali xizmat ko‘rsatganligi ochib berilgan;
1892 yildagi vabo epidemiyasining Farg‘ona oblastida yoyila boshlashi natijasida karantin choralari ko‘rilganligi, shahar va qishloqlarning bir nechta sanitar uchastkalarga bo‘linib, ularda vaqtinchalik davolash joylari tashkil etilganligi, shuningdek, tadqiq etilayotgan davrda chechakka qarshi emlashning yo‘lga qo‘yilishi hamda uning asosiy muammo va yutuqlari arxiv hujjatlari asosida dalillangan;   
Farg‘ona oblastida shifokorlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, bu yo‘nalishdagi amaliy harakatlarni birlashtirish maqsadida Turkiston o‘lkasida tashkil etilgan birinchi ilmiy tibbiy markaz – “Farg‘ona tibbiyot jamiyati”ning faoliyati ochib berilgan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona oblastida sog‘liqni saqlash tizimi va undagi o‘zgarishlar: tarixiy tahlil (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) mavzusida olib borilgan tadqiqot ishi davomida olingan natija, amaliy taklif va tavsiyalardan:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Farg‘ona oblastida sog‘liqni saqlash tizimi va undagi o‘zgarishlar jarayoniga Turkistondagi dastlabki tibbiy ilmiy jamiyat – Farg‘ona tibbiyot jamiyati progressiv faoliyatining ta’siri, tibbiy jamiyati a’zolarining muvaffaqiyatli ilmiy faoliyati Turkistonning boshqa hududlarida ham shunday ilmiy jamiyatlarning shakllanishiga turtki bo‘lganligi, oblastda dastlabki zamonaviy dorixonalar tashkil topishining tarixiy shart-sharoitlari, ularning faoliyati va asosiy muammolarining ochib berilganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170921162 raqamli “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tibbiyot va xalq tabobati (fors va turkiy tillardagi toshbosma asarlar, arxiv hujjatlari va davriy matbuot materiallarini tizimlashtirish va tadqiq etish)” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 17 maydagi 3/1255-1154-son ma’lumotnomasi). Xususan, ushbu materiallar “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tibbiyot va xalq tabobati” (Toshkent: O‘z FA “Fan” nashriyoti, 2020. 400 b.) nomli monografiyaning “Turkistonda tibbiy ilmiy jamiyatlar va ularning faoliyati” (274-291-betlar) hamda “O‘lkadagi zamonaviy dorixonalar: tashkil etilishi, faoliyati va muammolari” (328-341-betlar) qismlarida o‘z aksini topgan. Tadqiqot natijalari Turkistonda, jumladan, Farg‘ona oblastida sog‘liqni saqlash tizimi va undagi o‘zgarishlarni to‘laqonli yoritishga xizmat qilgan;
XX asr boshlarida Turkistonda, jumladan, Farg‘ona oblastida dastlabki tibbiy muassasalar tarmog‘i – qishloq vrachlik uchastkalari tashkil etilishi, sog‘liqni saqlash tizimining qaror topishi jarayonida Rossiyaning markaziy guberniyalari va Turkiston o‘lkasi, jumladan, Farg‘ona oblasti o‘rtasida gender va ijtimoiy farqlar, 1892 yildagi vabo epidemiyasining Farg‘ona oblastida yoyila boshlashi natijasida ko‘rilgan chora-tadbirlar, oblastda vabo epidemiyasining og‘ir ijtimoiy oqibatlari, shuningdek, tadqiq etilayotgan davrda chechakka qarshi emlashning yo‘lga qo‘yilishi hamda uning asosiy muammolari va yutuqlari ochib berilganligiga oid xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022 yil 17 fevral` kuni efirga uzatilgan “Ibtido” va 1-2-mart kunlari efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 6 apreldagi 06-39-751-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘p sonli tomoshabinlarning XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda, jumladan, Farg‘ona oblastida sog‘liqni saqlash tizimining shakllanishi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning transformatsiyalashuvi jarayonlari to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish