O‘rinov Uyg‘un Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Ped136.
Ilmiy maslahatchi: Begimkulov Uzokboy Shoyimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01. 
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardanov Shukrullo Kuldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda korporativ hamkorlik jarayonlari mazmuni kasbiy tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik, metodik darajalarini, konseptual asoslarini innovatsionlik tamoyili asosida chuqurlashtirish, nazariy bilimlarni ishlab chiqarish sohasiga translatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
an’anaviy va masofaviy ta’limning tezkorlik, informatsion, kommunikatsion, texnologik, individuallashtirish, ergonomik imkoniyatlaridan hamda simulyatorlar, nostandart topshiriqlar kabi o‘qitish vositalaridan kompleks foydalanish va qiyosiy tavsiflash orqali ish joyida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoning mazmuniy-metodik, prosessual va kriterial-diagnostik komponentlari ishlab chiqarish muhitining dinamik o‘zgaruvchan talablariga mos amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalaridan integrativ foydalanish orqali takomillashtirilgan;
DACUM (Develoring A Curriculum) metodiga asoslanib ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligida takomillashtirilgan innovatsion fan dasturi orqali talabalarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishning didaktik ta’minoti tuzilmaviy-mantiqiy sxemalar, amaliy va laboratoriya topshiriqlari, tashxislash majmuasini tizimli qo‘llash asosida ishlab chiqilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida ish beruvchilar talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib talabalarni ishlab chiqarish korxonalarda faoliyat ko‘rsatishga amaliy tayyorlash metodlari va amaliy ko‘nikmalarning rivojlanganligini uzluksiz nazorat qilishga asoslangan mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda korporativ hamkorlik jarayonlari mazmuni kasbiy tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik, metodik darajalarini, konseptual asoslarini innovatsionlik tamoyili asosida chuqurlashtirish, nazariy bilimlarni ishlab chiqarish sohasiga translatsiya qilishga oid amaliy takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga muvofiq tasdiqlangan “5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi namunaviy o‘quv rejasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 89-06-238-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan mavjud o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalarni mazmunan takomillashtirish va ta’lim mazmuni zamon talablari asosida modernizatsiyalanib, amaliyotga joriy etilgan;
an’anaviy va masofaviy ta’limning tezkorlik, informatsion, kommunikatsion, texnologik, individuallashtirish, ergonomik imkoniyatlaridan hamda simulyatorlar, nostandart topshiriqlar kabi o‘qitish vositalaridan kompleks foydalanish va qiyosiy tavsiflash orqali ish joyida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyasidan AIF-2/20 raqamli “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 89-06-238-son ma’lumotnomasi). Mazkur texnologiya texnika oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga doir ilmiy-pedagogik yondashuvlar va o‘quv-metodik majmualarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoning mazmuniy-metodik, prosessual va kriterial-diagnostik komponentlari ishlab chiqarish muhitining dinamik o‘zgaruvchan talablariga mos amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalaridan integrativ foydalanishga doir xulosalar “Kasbiy ta’lim metodikasi” darsligi mazmunida aks ettirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 89-06-238-son ma’lumotnomasi). Mazkur texnologiyalar, qo‘llanmalar amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.
texnika oliy ta’lim muassasalarida ish beruvchilar talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib talabalarni ishlab chiqarish korxonalarda faoliyat ko‘rsatishga amaliy tayyorlash metodlari va amaliy ko‘nikmalarning rivojlanganligini uzluksiz nazorat qilishga oid taklif asosida “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” darsligini yaratishda foydalanilib, mazkur darslik Toshkent davlat texnika universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Namangan muhandislik qurilish instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ta’lim jarayonida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 89-06-238-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’minot maxsus fanlardan amaliy ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasini baholash tizimi takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish