Tajibaeva Latofat Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
“Yangi o‘zbek she’riyati genizisi va taraqqiyot tamoyillari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4 .PhD/Fil1044.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulxakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02. 
Rasmiy opponentlar: G‘ayipov Dilshod Qadamboevich, filologiya fanlari  doktori (DSc), dotsent; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yangi o‘zbek she’riyati genezisini aniqlash va taraqqiyot tamoyillarini ilmiy-nazariy asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yangi o‘zbek she’riyatiga xalq og‘zaki ijodi an’analari poetik sintezi evolyusiyasi xalqona ohanglarning adabiyotga ko‘chishi, fol`klorga xos poetik shaklning yozma adabiyotga moslashuvi, ohang va shakl yangilanishi ta’sirida adabiyotga barmoq vaznining qaytishi hamda badiiyatning og‘zaki ijodiyot vositalari bilan boyishi tarzida kechgani isbotlangan;
yangi o‘zbek she’riyati genezisi mumtoz adabiyotga va jahon adabiy-estetik tajribasiga tayanishi vazn va shakl yangilanishi, an’anaviy obrazlarga yangi mazmun va g‘oyalar yuklanishi, poetik janrlar ijtimoiy masalalar ifodasiga yo‘naltirilishi, til va uslubning xalq ruhiyatiga yaqinlashuvi, dunyo adabiyoti bilan sintezlashuv singari tadrijiy takomil bosqichlarini o‘tagani asoslangan; 
yangi o‘zbek she’riyatida poetik mazmun yangilanishi ikki adabiy-estetik omil: tafakkur yangilanishiga sabab bo‘luvchi realliklar va ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri bilan bog‘liq ekani, poetik shakl yangilanishi esa aruzning ijtimoiy hayot masalalarini aks ettirishga moslashtirilishi, barmoq vazniga o‘tilishi hamda shaklning yangi imkoniyatlari natijasida sarbast, sochma va erkin she’rning yuzaga kelishi hamda nazmiy asarlar grafik shakllanishi xususiyatlarida namoyon bo‘lishi dalillangan;  
yangi o‘zbek she’riyatida obraz yangilanishi tamoyili mumtoz poetik an’ana tranformatsiyasida ma’rifatpavarlikning ta’siri hamda ijtimoiy-siyosiy voqelik fonida yangi obrazlar yaratilishi bilan xoslanishi aniqlanib, jamiyat va shaxs tafakkuri evrilishida hajviy obrazlarning badiiy vazifasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. Yangi o‘zbek she’riyati genezisi, taraqqiyot tamoyillari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi o‘zbek she’riyatining shakllanishida xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek mumtoz va jahon adabiyotining tutgan o‘rni, poetik mazmun va shakl, badiiy obraz va ramzlar yangilanishi tamoyillariga oid  ilmiy-nazariy xulosalardan OT-FI-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2022 yil 07 iyuldagi 04/1-2275-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi o‘zbek she’riyatining genezisi, poetik tadriji va takomilining adabiy-estetik tamoyillari  masalalariga doir fikrlar adabiyotshunoslikni konseptual fikrlar bilan boyitgan;
yangi o‘zbek she’riyati taraqqiysida o‘zbek mumtoz adabiyoti poetik an’analarining o‘rni bilan bog‘liq tahliliy ma’lumotlar, poetik tafakkur yangilanishida mumtoz shoirlar qarashlari badiiy-estetik asos vazifasini bajarganiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan “PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi” (XX-XXI asrlar)” (2018-2020) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 7 iyuldagi 04/1-2274-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi o‘zbek she’riyati takomilida mumtoz shoirlar ijodining ta’siri, jumladan, poetik mazmun va shakl, obraz va ramzlar yangilanishi tamoyillariga doir fikrlar adabiyotshunoslikka yangi nazariy xulosalarni olib kirish imkonini bergan;
yangi o‘zbek she’riyati shakllanishida xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek va jahon adabiyoti tajribalari badiiy-estetik asos vazifasini o‘tagani, jadid she’riyatida poetik shakl va mazmun, obraz va ramzlar yangilanishi tamoyillariga doir ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu”, “Tarixiy savol”, “Javohir”, va “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariysini yozishda tadqiqotda aks etgan ilmiy-nazariy qarashlardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 07 iyuldagi 06/28-1095-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy uyg‘onish va jadid adabiyoti hamda uning Vatan va millat hayotida tutgan o‘rni, milliy adabiyotimizning XX asr boshlaridagi yangilanishi masalalarini amaliy yoritish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish