Xo‘jaev Davron Nuriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alisher Navoiy ta’limotida adolat tushunchasining ijtimoiy-falsafiy tamoyillari», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal593.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Turaev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norov Toji Omonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy ta’limotida adolat tushunchasining ijtimoiy-falsafiy tamoyillarini tadqiq etishga oid metodologik yondashuvlarni umumlashtirgan holda falsafiy-tarixiy jihatdan ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy qarashlaridagi adolat tushunchasining mazmuni siyosiy jihatdan endotransformatsion (ichki o‘zgarish va yangilanishlar) va ijtimoiy nuqtai nazardan ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish va yangilanishlar) natijasi ekanligi asoslab berilgan;
“Xamsa” asarida adolat tushunchasi bilan bog‘liq ijtimoiy konstruksiyaning komvensional, struktural-funksional, lokal-global talqinlarini yaxlit tarzda konsensuslash sababli badiiy obrazlarda namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
xalqparvarlik, halollik, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, qonunlarga sodiqlik singari axloqiy imperativlar simvollari tizimining
markaziy elementi bo‘lgan adolatli hukmdor kategoriyasi Farhod va Iskandar obrazlarini qiyoslash orqali ochib berilgan;
Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy”, “Farhod va Shirin” dostonlaridagi adolat kategoriyasi ijtimoiy-siyosiy fenomen sifatida aholi konsolidatsiyasi va sotsioregulyasiyasini ta’minlash orqali jamiyat barqarorligi hamda xalq manfaatlarini yuzaga chiqaruvchi mexanizm ekanligi ilmiy konseptual asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy ta’limotida adolat tushunchasining ijtimoiy-falsafiy tamoyillarini tadqiq etish natijasida:
Alisher Navoiy qarashlaridagi adolat tushunchasining mazmuni siyosiy jihatdan endotransformatsion (ichki o‘zgarish va yangilanishlar) va ijtimoiy nuqtai nazardan ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish va yangilanishlar) natijasi ekanligiga oid xulocalapdan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining yuksak intellektual salohiyatga ega ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatida xususan “YangiO‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan “Yoshlar festivali” ko‘rik tanlovining dasturining II bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Yoshlap ishlapi agentligining 2022 yil 22 iyundagi 4-13-23-1847-con ma’lumotnomaci). Natijada mazkur dasturning metodologik asoslari takomillashishiga xizmat qilgan.
“Xamsa” asarida adolat tushunchasi bilan bog‘liq ijtimoiy konstruksiyaning komvensional, struktural-funksional, lokal-global talqinlarini yaxlit tarzda konsensuslash sababli badiiy obrazlarda namoyon bo‘lishiga oid xulocalapdan Pecpublika Ma’naviyat va ma’pifat mapkazining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan madaniy-ma’pifiy tadbiplapi camapadopligini oshipishda foydalanilgan (Pecpublika Ma’naviyat va ma’pifat mapkazining 2022 yil 17 iyundagi 151-con ma’lumotnomaci). Natijada Alisher Navoiy qarashlari asosida adolat tushunchasining hozirgi kundagi mohiyati va bapkamol avlodni tapbiyalashga qapatilgan bilimlapning keng yoyilishiga xizmat qilgan;
xalqparvarlik, halollik, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, qonunlarga sodiqlik singari axloqiy imperativlar simvollari tizimining
markaziy elementi bo‘lgan adolatli hukmdor kategoriyasi Farhod va Iskandar obrazlarini qiyoslashga oid xulosalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faoliyatida, jumladan O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, “Yangi O‘zbekiston – uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ruyobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish” deb nomlanuvchi II yo‘nalishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2022 yil 30 avgustdagi 01-03/294-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar aholining turli qatlamlarini xalqparvarlik, adolat g‘oyalari, shuningdek, mamlakatimizdagi keng qamrovli islohatlar mazmuni bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy”, “Farhod va Shirin” dostonlaridagi adolat kategoriyasi ijtimoiy-siyosiy fenomen sifatida aholi konsolidatsiyasi va sotsioregulyasiyasini ta’minlash orqali jamiyat barqarorligi hamda xalq manfaatlarini yuzaga chiqaruvchi mexanizm ekanligi ilmiy konseptual asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning “G‘azal bo‘stoni” nomli turkum dasturlari ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi-ning 2022 yil 12 avgustdagi 04-36-1306-son ma’lumotnomasi). Natijada ssenariyning nazariy-metodologik asoslari takomillashib, teletomoshabinlar tafakkurida Alisher Navoiyning adolat konsepsiyasi nafaqat badiiy ifoda, balki, ijtimoiy-siyosiy xususiyatga ega tamoyil ekanligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga xizmat qilgan.