Rajabov Shuxratjon Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs estetik ehtiyojlarining kibermakondagi transformatsiyasi», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal196.
Ilmiy rahbar: Qodirova Dilbar Salixovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Umarov Ma’murjon Batashikovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxs estetik ehtiyojlarini kibermakon transformatsiyasi jarayonlarida falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kibermakonda shaxs estetik ehtiyojlari transformatsiyasi jarayonida raqamli axborot makoni, koorporativ axborot makoni, ommaviy axborot makoni, mediamakon kabi elementlarning kategorial tizimi inson ehtiyojlarining dinamikasi jamiyatda texnooptimizm va texnopessimizm shakllanishiga deterministik jihatdan ta’sir etishi ochib berilgan;
virtual olamning estetik manzarasini badiiy obrazlarda namoyon bo‘lishi estetik munosabatlar o‘zgarishiga mutanosib ravishda amalga oshishi, uning inson estetik ongi va tafakkuriga ta’sirini o‘zaro aloqadorlik xususiyatlari akseologik jihatdan estetik anglash va ixtiyor erkinligiga bog‘liqligi asoslangan;
kibermakonda yoshlarni estetik did va ehtiyojlariga ta’sir ko‘rsatuvchi jarayonlarini hal etishdagi imkoniyatlari, uni nazorat qilishning cheklanganligi, insonlarning ma’naviy-ruhiy olamiga ta’sir ko‘rsatish orqali manipulyasiya qilishdagi urinishlardan himoyalashda pragmatik va kreativ uyg‘unligining estetik idealni shakllantirishdagi roli asoslangan;
O‘zbekistonda kibermakondagi xavflarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlar estetik ehtiyojlar transformatsiyasi natijasida yuzaga kelayotgan kibermadaniy, mediamadaniy va mediaestetik omillar ta’sirining globallashuv sharoitidagi germenevtik mohiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxs estetik ehtiyojlarining kibermakondagi transformatsiya jarayonini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kibermakonda shaxs estetik ehtiyojlari transformatsiyasi jarayonida raqamli axborot makoni, koorporativ axborot makoni, ommaviy axborot makoni, mediamakon kabi elementlarning kategorial tizimi inson ehtiyojlarining dinamikasi jamiyatda texnooptimizm va texnopessimizm shakllanishiga deterministik jihatdan ta’sir etishi ochib berilganligiga oid taklif, tavsiya va xulosalardan O‘zbekiston milliy axborot agentligining 2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlarining 7- va 9- bandlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2022 yil 29 sentyabrdagi 01-23/764-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning tadqiqot natijalari, taklif va tavsiyalaridan foydalanilganligi agentlikning yoshlarni ommaviy axborot makoni, raqamli axborot makoni va mediamakondan foydalanishlarini mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish yo‘nalishidagi faoliyati samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
virtual olamning estetik manzarasini badiiy obrazlarda namoyon bo‘lishi estetik munosabatlar o‘zgarishiga mutanosib ravishda amalga oshishi, uning inson estetik ongi va tafakkuriga ta’sirini o‘zaro aloqadorlik xususiyatlari akseologik jihatdan estetik anglash va ixtiyor erkinligiga bog‘liqligi asoslanganligiga oid taklif, tavsiya va xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 06-31-1471-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi teletomoshabinlarga kibermakondagi turli virtual olamlarning umumiy estetik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni etkazishga xizmat qilgan;
kibermakonda yoshlarni estetik did va ehtiyojlariga ta’sir ko‘rsatuvchi jarayonlarini hal etishdagi imkoniyatlari, uni nazorat qilishning cheklanganligi, insonlarning ma’naviy-ruhiy olamiga ta’sir ko‘rsatish orqali manipulyasiya qilishdagi urinishlardan himoyalashda pragmatik va kreativ uyg‘unligining estetik idealni shakllantirishdagi roli asoslanganligiga oid taklif, tavsiya va xulosalardan Yoshlar ishlari agentligi «2022-2023 yillarda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi» ilovasi 2 qismi 22 bandi Yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida «Ilm innovatsiya va taraqqiyot» respublika ko‘rik-tanlovini ishlab chiqish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 4-13-23-2905-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar estetik ehtiyojlarining kibermakondagi transformatsiyasi salbiy oqibatlarining oldini olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
O‘zbekistonda kibermakondagi xavflarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlar estetik ehtiyojlar transformatsiyasi natijasida yuzaga kelayotgan kibermadaniy, mediamadaniy va mediaestetik omillar ta’sirining globallashuv sharoitidagi germenevtik mohiyati ochib berilganligiga oid taklif, tavsiya va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida, jumladan, 2021-2022 yillarda Respublika miqyosida o‘tkazilgan «Madaniyat karvoni» konsert-tomosha tadbirlari hamda 2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 02-12-08-3663-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning tadqiqot natijalari yangi kibermadaniyat va mediamadaniyat yo‘nalishidagi faoliyatni o‘rganishga hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish