Soatova Nodira Isomitdinovnaning 
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida Shuhrat ijodining o‘rni”,  10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSs/Fil455. 
Ilmiy rahbar: Karimov Naim Fotihovich, O‘zR FA akademigi, filologiya fanlari doktori, professor,  O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSs.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Habibovna, filologiya fanlari doktori (DSs), professor; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori (DSs), professor; Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori (DSs), dotsent
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida Shuhrat ijodining o‘rni, nazm va nasrdagi ijodiy izlanishlarini an’ana, vorisiylik va novatorlik, adabiy ta’sir hamda badiiy mahorat nuqtai nazaridan tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shuhrat she’riyatida psixologik, jonlantirishli parallelizmni qo‘llash mahorati, xalq she’riyati an’analariga ergashish va o‘ziga xoslik masalasi, uning xalq ruhi, qalbi, orzu-intilishlarini, dunyoqarashini aks ettirishga xizmat qilishi, bolalar uchun yozilgan she’rlarining fol`klor bilan mushtarak jihatlari, shuningdek falsafiy mushohadakorlik,  poetik tasvir va lirik qahramon tasvirida badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanishi ochib berilgan;
shoir lirikasi va hajviy she’riyatga xos muhim xususiyatlar, xususan undagi samimiyat, mushohadorlik, hissiy jo‘shqinlik, lirik qahramon ko‘ngil tuyg‘ulari, qalb iztiroblarining teran badiiy inkishof etilganligi, falsafiylik kabilar aniqlangan; 
Shuhrat ijodining janriy xilma-xilligi, ballada, doston va dramalariga xos poetik tafakkur, xalqona pafos kabi xususiyatlar, qahramonlarning ruhiy-ma’naviy olamini tasvirlashda monolog, dialog singari nutq vositalarini qo‘llashdan foydalanishda yozuvchi mahorati ochib berilgan;
Shuhrat nasrida konflikt va syujet poetikasi, badiiy psixologizm, qahramonlarning ruhiyatida ro‘y beradigan o‘zgarishlarning omillari, voqealarning dramatik rivojini ta’minlagan maktub, qoliplash usuli kabilar  aniqlangan;                                                                                                                                                                                                                                                           
Shuhrat romanlarida avtobiografizm, badiiy g‘oya va tasvir haqqoniyligi, syujet va obraz yaratish mahorati, fol`klorizm  va adabiy ta’sir, tarixiy haqiqatning badiiy talqini kabi ijodkor laboratoriyasiga xos xususiyatlar  ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida Shuhrat ijodining o‘rni mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Shuhrat she’riyatida psixologik, jonlantirishli parallelizmni qo‘llash mahorati, xalq she’riyati an’analariga ergashish va o‘ziga xoslik masalasi, uning xalq ruhi, qalbi, orzu-intilishlarini, dunyoqarashini aks ettirishga xizmat qilishi, bolalar uchun yozilgan she’rlarining fol`klor bilan mushtarak jihatlari, shuningdek falsafiy mushohadakorlik kabi masalalarni yoritishga doir nazariy xulosalardan Andijon davlat universiteti OT-A1-46 “Adabiyotshunoslikning nazariy kurslari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 oktyabrdagi 39-04-3719-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning ijodkor nazm va romanlaridagi badiiylik va obraz talqini, poetik xususiyatlar haqida muayyan xulosalarning berilishiga  nazariy manba sifatida asos bo‘lgan;
shoir lirikasi va hajviy she’riyatga xos muhim xususiyatlar, undagi samimiyat, mushohadorlik, hissiy jo‘shqinlik, lirik qahramon ko‘ngil tuyg‘ulari, qalb iztiroblarining teran badiiy inkishof etilganligi, falsafiylik tahliliga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2022 yil 31 noyabrdagi 42/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fol`klorizm va mumtoz adabiyotimiz namunalarida erishilgan badiiy tajriba, an’analar Shuhrat ijodida badiiy g‘oya va tasvir haqqoniyligi, voqelikni “yurgizish” manerasi uchun omil bo‘lib, ijodkor  mahorati, badiiy uslubi va tilining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgani aniqlanishiga erishilgan;
Shuhrat ijodining janriy xilma-xilligi, ballada, doston va dramalariga xos poetik tafakkur, xalqona pafos kabi xususiyatlar, qahramonlarning ruhiy-ma’naviy olamini tasvirlashda monolog, dialog singari nutq vositalarini qo‘llash  va xalqona pafosdan foydalanishda yozuvchi mahorati masalasini o‘rganish tahlillaridan Abdulla Qahhor muzeyi F-1-FQ-055213 “Abdulla Qahhor dastxat-qo‘lyozmalari asosida asarlarining ilmiy-qiyosiy matnlarini tayyorlash va nashrga hozirlash” fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan  (O‘zR Turizm va madaniy meros Vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi A.Qahhor uy-muzeyi 2022 yil 25 oktyabrdagi 01-02-70-son ma’lumotnomasi) Natijada loyihadagi yetakchi tipologik hodisaning mohiyatini ilmiy aniqlashda asosiy tamoyil vazifasini  boyitilishiga xizmat qilgan.                  
Shuhrat nasrida konflikt va syujet poetikasi, badiiy psixologizm, qahramonlarning ruhiyatida ro‘y beradigan o‘zgarishlarning omillari, voqealarning dramatik rivojini ta’minlagan maktub, qoliplash usuli kabi masalalarni o‘rganish tahlillaridan Abdulla Qahhor muzeyi A-1-059 “Abdulla Qahhor Istiqlol adabiy ko‘zgusida” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zR Turizm va madaniy meros Vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi A.Qahhor uy-muzeyi 2022 yil 25 oktyabrdagi 01-02-69-son ma’lumotnomasi). Natijada ekspozisiyalar mazmunini boyitishda hamda ekskursiya jarayonlarida keng va samarali foydalanish uchun avval nashr etilmagan ilmiy ma’lumotlar muomalaga kiritilgan va ekskursiya ma’lumotlari boyitilishga xizmat qilgan.                                                                                                                                                                                                                                                                                               
Shuhrat romanlarida avtobiografizm, badiiy g‘oya va tasvir haqqoniyligi, syujet va obraz yaratish mahorati, fol`klorizm  va adabiy ta’sir, tarixiy haqiqatning badiiy talqini kabi ijodkor laboratoriyasiga xos xususiyatlar, badiiy mahoratiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi “Adabiyot darsi” (2021 yil 15 dekabr`), “Adabiy muhit” (2022 yil 6 may) ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 28 oktyabrdagi  10-12/766  va 10-12/767-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarga Shuhrat adabiy merosi bilan mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritish uchun zamin yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish