Menlimuratova El`mira Azatovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘rganish jarayonida talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik asoslari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2478.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzoqovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘rganish jarayonida talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik mazmuni «til va madaniyat», «madaniyatlararo munosabat», «madaniy muloqot» tushunchalari, ularni ingliz tilini o‘qitish jarayonida takomillashtirish, boshqa madaniyatga mansub kishilar bilan bo‘lgan muloqotda talabalarda o‘zaro bir-birini anglash, izzat-hurmat, bag‘rikenglik, sabr-toqat, madaniy munosabat kabi insoniy fazilatlari aniqlashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitish jarayonida tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan boshqa madaniyatlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash orqali ruxiy ziddiyatli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik, muloqotda boshqa madaniyat vakillari bilan bo‘lgan muloqot munosabatida til materiallarini maqsadga muvofiq tanlash orqali talabalarda madaniyatlararo munosabatlar takomillashtirilgan;
mintaqaviy geografik materiallar, har xil madaniyat vakillariga munosabatni ifoda etuvchi topshiriqlar, mashqlar, dialogik munosabat va muloqot xatti-harakatlarini anglatuvchi psixologik holatlarni madaniyatlararo munosabatlarga-muloqot madaniyatiga muvofiqlashtirish orqali talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi takomillashtirilgan;
shaxslararo muloqotda odoblilikka, xushfe’llikka asoslangan madaniyatlararo munosabatning namoyon bo‘lishi, tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati elementlarining kommunikantlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilganligi, qulay madaniy muhit andozasida talabalarda madaniyatlararo munosabatni takomillashtirishning etnopedagogik shartlarining samaradorlik darajasi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘rganish jarayonida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishda tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan boshqa madaniyatlar orasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, ruxiy ziddiyatli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida muloqotda boshqa madaniyat vakillari bilan bo‘lgan muloqot munosabatida til materiallarini maqsadga muvofiq tanlash orqali talabalarda madaniyatlararo munosabatlarni shakllantirish va takomillashtirish, shaxslar aro muloqotda odoblilikka, xushfe’likka asoslangan madaniyatlararo munosabatning namoyon bo‘lishi, tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati elementlarining kommunikantlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirishga oid takliflar asosida “Up to English Part II” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniyatlararo va millatlararo munosabatlarni o‘sib kelayotgan avlod tafakkurida shakllantirish hamda zarur pedagogik o‘zgarishlar asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
«til va madaniyat» va «madaniyatlararo munosabat», «madaniy muloqot» tushunchalarini ingliz tilini o‘qitish jarayonida takomillashtirish va shu orqali madaniyatlararo munosabatlarda, boshqa madaniyatlarga mansub kishilar bilan bo‘lgan muloqotda talabalarda o‘zaro bir-birini anglash, izzat-hurmat, bag‘rikenglik, sabr-toqat, madaniy munosabat kabi insoniy fazilatlarni takomillashtirishning pedagogik va psixologik jihatlarini aniqlashtirishga oid takliflardan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining 2021-2022 yillarda Angliyaning Darem, Oksford va Kent universitetlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Markaziy Evroosiyoning mahalliy jamoalarida moslashuvchan boshqaruv va barqarorlikni ta’minlash: o‘tmishning bir qismidan o‘zaro bog‘langan kelajakgacha” ilmiy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 13 aprel`dagi 02-07-1029/04-son ma’lumotnomasi). Natijada tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati elementlarining yaxshi o‘zlashtirilgan, qulay madaniy muhit andozasida madaniyatlararo munosabatni takomillashtirishning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan va madaniyatlararo munosabatlarning mazmun mohiyati, tilni o‘qitishning maqsadlariga oid ko‘nikmalari takomillashtirilgan.
mintaqaviy geografik materiallar, har xil madaniyat vakillariga munosabatni ifoda etuvchi topshiriqlar, mashqlar, dialogik munosabat va muloqot xatti-harakatlarini anglatuvchi psixologik holatlarni madaniyatlararo munosabatlarga va muloqot madaniyatiga muvofiqlashtirish orqali talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishning mazmuni va shakllari, «til va madaniyat», «madaniyatlararo munosabat», «madaniy muloqot» tushunchalarini ingliz tilini o‘qitish jarayonida takomillashtirishga oid takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli madaniyat uylarida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishda tajriba-sinovlar tashkil qilish va olib borishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 18 oktyabrdagi 3-01/1592-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniyat sohalarining ijodiy jamoalarida madaniyatlararo va millatlararo munosabatlarni targ‘ibot-tashviqot qilish ishlarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.