Ruzmetova Diana Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga xorijiy tilni o‘qitish jarayonida grammatik interferensiya hodisasini bartaraf etishning pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3432.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Adilova Ziyoda Gafurdjanovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ruzmetova Dildora Adilbekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida grammatik interferensiya hodisasini oldini olishning nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘rgatishda grammatik interferensiyaning psixofizik va psixolingvistik shakllarda namoyon bo‘lish jarayonini ergonomik talablar orqali dalillash asosida unga ta’sir etuvchi lingvomadaniy, metokognitiv va metokommunikativ omillar aniqlashtirilgan;
grammatik interferensiya tushunchasi va uning mohiyatini, psixolingvistik va namunaviy xususiyatlarini ajratish asosida talabalarga xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida grammatik interferensiya hodisasini oldini olishning kognitiv prinsiplari takomillashtirilgan;
grammatik interferensiyaning oldini olish maqsadida ko‘p tillik muhitda grammatikani o‘qitish jarayonini tashkil etish strukturasi ingliz tilining tayanch terminologik leksikasini o‘rgatish va matn tanlash kabi lingvodidaktik prinsiplar asosida ishlab chiqilgan;
ingliz tilini o‘rgatish jarayonida grammatik interferensiyaning oldini olish maqsadida xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonini lingvodidaktik jihatdan etarli darajada yoritish va bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq tillardan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda grammatik interferensiyaning oldini olish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tilini o‘rgatish jarayonida grammatik interferensiya tushunchasi va uning mohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha ilmiy taklif va nazariy xulosalardan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli “Oliy ta’lim sohasida salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER – Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” (Paving the way to interregional mobility and ensuring relevance, quality and equity of access – Prokladivanie puti k mejregional`noy mobil`nosti i obespecheniya aktual`nosti, kachestva i ravenstva dostupa) mavzusidagi loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2022 yil 27 oktyabr` 04/12-5133-son ma’lumotnomasi). Natijada, grammatik interferensiyaning psixolingvistik jabhalari va namunaviy xususiyatlari talabalarning sifat samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ekanligi aniqlashtirishga xizmat qilgan;
pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarida grammatik interferensiya yuzaga kelishining zamonaviy sabablari va namoyon bo‘lishi bo‘yicha amaliy taklif va metodik tavsiyalardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2022 yil 28 oktyabrdagi 296/1-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitish jarayonida grammatik interferensiyaning oldini olish texnikasi takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘rgatish jarayonida grammatik interferensiyaning oldini olish metodikasini samarali qo‘llash bo‘yicha xulosalardan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2022 yil 28 oktyabrdagi 296/1-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tiliga oid grammatik kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish jarayoni takomillashtirilgan.