Abduxamidov Sardor Mardanaqulovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda tasviriy tafakkurini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3511.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kamolov Iftixor Baxtiyarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda tasviriy tafakkurini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muasasalarining bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda tasviriy tafakkurini shakllantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti mazmuni tasviriy san’atni o‘qitishning grafikli va ijodiy barqarorlik kabi pedagogik shart-sharoitlarni kreativ prognozli aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda tasviriy tafakkurini shakllantirishning didaktik modeli tabiat va ta’lim integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompozisiyani modellashtirishning real va tasavvurli ifodalash kabi ish turlarini dala amaliyotiga individual uslub namoyishi muhitida kiritish asosida takomillashtirilgan.
innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining tasviriy tafakkurini shakllantirish metodikasi ranglar spektorini farqlash, badiiy ijodda mo‘ljal olishga o‘rgatuvchi (Android programm) mobil ilovalarni akademik sayr, personal galereya o‘quv-majmuaviy jarayonida motivatsion yo‘naltirish muhitida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tasviriy tafakkurning shakllanganlik darajalarini aniqlash va baholash mezonlari yaratuvchanlik, ijodkorlik, san’atkorlik kabi sifatlarni kasbiy tayyorgarlikning kompetensiyaviy darajalariga raqamli kontentda transformatsiyalash asosida ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda tasviriy tafakkurni rivojlantiruvchi metodikasini takomillashtirish ilmiy natijalar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muasasalarining bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda tasviriy tafakkurini shakllantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti mazmuni tasviriy san’atni o‘qitishning grafikli va ijodiy barqarorlik kabi pedagogik shart-sharoitlarni kreativ prognozli aniqlashtirishga doir takliflar “Tasviriy va amaliy san’at (Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i va 676-116-guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining tasviriy tafakkurini shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda tasviriy tafakkurini shakllantirishning didaktik modelini ishlab chiqish va tasviriy san’atni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda tasviriy tafakkurini shakllantirish metodikasini takomillashtirish va innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zbekiston teleradiokanali”da efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 15 sentyabrdagi 07-36-1516-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda tasviriy tafakkurini shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan;