Sirojov Otajon Orifjonovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3-4.PhD/Ped355.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilxamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muqimov Ma’ruf Olimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalarini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalar majmui (ijtimoiy, shaxsiy, axborotli, kommunikativ va refleksiv) sog‘lomlashtiruvchi xarakterdagi aksiologik, ijtimoiy-axborotli faollik va salomatlik bellashuvlari kabi pedagogik-psixologik omillarni ergonomik talablarga kasbiy moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati tuzilmasi mazmuni faoliyatga va shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish tamoyillari bilan valeologik kompetentlikni rivojlantirishga imkon beruvchi o‘quv jaryonini boshqarish sub’ektlari (mentorlik, supervizorlik va t`yutorlik)ni integrativ tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
valeologik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini samarali tashkil etishda jismoniy tarbiya o‘qitish metodikasini rivojlantirishga qaratilgan «kolloborativ», «strim» va «to‘liq o‘zlashtirish» kabi innovatsion texnologiyalarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentligining rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari valeologik tarbiya, sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalar kabi nostandart algoritmik dasturiy vositalarni talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan integrativ qo‘llash asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentliligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalar majmui (ijtimoiy, shaxsiy, axborotli, kommunikativ va refleksiv), oliy ta’limda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentliligini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning konseptual yondashuvlari va uning sog‘lomlashtiruvchi xarakterini belgilaydigan omillari aniqlashtirish, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini tizimlashtirish va takomillashtirishga oid takliflar «Jismoniy tarbiya va sport» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-145 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentligini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati tuzilmasi, faoliyatga va shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish tamoyillari bilan valeologik kompetentlikni rivojlantirishga imkon beruvchi o‘quv jaryoni, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini samarali tashkil etishda valeologik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan «kolloborativ», «strim» va «to‘liq o‘zlashtirish» kabi innovatsion texnologiyalar, iga oid takliflar «Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522-083-raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentliligini rivojlantirish, o‘zlashtirish natijalarini baholash imkoniyati yaratilgan;
o‘quv jaryonini boshqarish sub’ektlari (mentorlik, supervizorlik va t`yutorlik)ni integrativ tizimlashtirish, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentliligini rivojlantirishda nostandart algoritmik dasturiy vositalar («valeologik tarbiya nima?», «sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalar»)ni qo‘llashga oid takliflardan 2017-1-14/3- raqamli «O‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 sentyabrdagi 89-03-3443-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilgan.