Suyarova Aziza Xurshid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mul`timedia ta’lim resurslari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3179.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, Dsc.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mul`timedia ta’lim resurslari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish metodikasi mul`timedia elektron didaktik resurslarining ta’lim jarayonidagi pedagogik imkoniyatlarini o‘quv dasturida tavsiya etilgan matnlardagi so‘z va iboralarning ma’nosini tushunish, lug‘atdan foydalana olish, matn mohiyatini aniqlay olish darajalariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi darajasi mul`timedia elektron ta’lim resurslari asosida orientativ, integrativ, interpretativ prinsiplar hamda xalqaro baholash dasturlariga mosligini tanqidiy-mantiqan aniqlash hamda interaktiv va texnologik omillar transformatsiyasi orqali  takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi PIRLS xalqaro baholash dasturidan maqsadli foydalanishni bosqichli ravishda tashkil qilish hamda o‘qish savodxonligi darslarining samaradorligini oshiradigan mul`timedia ta’lim vositalarini yaratishning pedagogik shart-sharoitlarini barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi rivojlantirish jarayoni analitik va konstruktiv-ijodiy vazifalarga integratsiyalash hamda innovatsion texnologiyalar yordamida rivojlantirishga qaratilgan dasturiy va texnologik ta’minotning variativligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mul`timedia ta’limi resurslari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha  ilmiy tadqiqot natijalari:
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish metodikasi mul`timedia elektron didaktik resurslarining ta’lim jarayonidagi pedagogik imkoniyatlarini o‘quv dasturida tavsiya etilgan matnlardagi so‘z va iboralarning ma’nosini tushunish, lug‘atdan foydalana olish, matn mohiyatini aniqlay olish darajalariga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-112 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mul`timedia elektron ta’lim resurslarining boshlang‘ich sinflarning ta’lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi darajasi mul`timedia elektron ta’lim resurslari asosida orientativ, integrativ, interpretativ prinsiplar hamda xalqaro baholash dasturlariga mosligini tanqidiy-mantiqan aniqlash hamda interaktiv va texnologik omillar transformatsiyasi orqali  takomillashtirishga doir takliflar “Boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-112 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda innovatsion ta’lim sharoitida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi PIRLS xalqaro baholash dasturidan maqsadli foydalanishni bosqichli ravishda tashkil qilish hamda o‘qish savodxonligi darslarining samaradorligini oshiradigan mul`timedia ta’lim vositalarini yaratishning pedagogik shart-sharoitlarini barqarorlashtirish asosida takomillashtirishga oid ishlanmalar  “Boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 166-112 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini rivojlantirishga oid bilim, ko‘nikma  va kompetensiyalarni takomillashtirish bosqichlarini aniqlashga erishilgan;
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi rivojlantirish jarayoni analitik va konstruktiv-ijodiy vazifalarga integratsiyalash hamda innovatsion texnologiyalar yordamida rivojlantirishga qaratilgan dasturiy va texnologik ta’minotning variativligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar “Boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-112 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda ta’limning an’anaviy  usullarini elektron didaktik vositalar bilan uzviy bog‘lanishini ta’minlash asosida  o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish