Mamatov Dilmurad Narmuratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli texnologiyalar muhitida ta’limda korporativ hamkorlik jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/ Ped283.
Ilmiy rahbar: Uzoqboy Shoimqulovich Begimqulov, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori; Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar muhitida ta’limda korporativ hamkorlik jarayonilarini pedagogik loyihalashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim muhitida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarini pedagogik imkoniyatlari tafakkur dinamikasi, bosqich nazariyalarining chegaralari, o‘z-o‘zini nazorat qilish, ijodkorlik, motivatsiya, maqsadni belgilash, ijtimoiy kontekstlarni moslashtirish hamda sub’ekt-sub’ekt aloqadorligini formativ va summativ baholash asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda korporativ hamkorlik jarayonini pedagogik loyihalashtirish modeli kvantlash, to‘laqonlilik, ko‘rgazmalilik, erkin boshqarish, moslashuvchanlik, kompyuter ko‘magi mazmunini kasbiy faoliyatga vizual loyihalashtirish hamda konstruktorlik dasturlarini ishlab chiqarish sohasiga kasbiy transformatsiyalashning tarkibiy tuzilmasi va funksional talablari uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
“Fan-ta’lim-ishlab chiqarish hamkorligi”ni loyihalashtirish jarayonlari o‘zaro aloqa tizimlari, motivatsion, intellektual, refleksiv, irodaviy sifatlar, ijtimoiy kontekslar hamda motivatsion-intellektual va amaliy faoliyatli vaziyatlarni kasbiy transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda korporativ hamkorlikni pedagogik loyihalashtirish tarkibiy tuzilmasi tashkiliy-didaktik shart-sharoitlari metodik PMBoK (Project Management Body of Knowledge) texnologiya va ta’limda ochiq ta’lim dasturlari, akademik axborot tizimlari, www.ajou.ais.uz, Smart technology ta’minoti hamda ma’naviy-o‘zgartiruvchi hayotiy faoliyat va zamonaviy ta’lim sharoitini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash innovatsion kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda Agile loyihalarni boshqarish tizimi elementlaridan faoliyat turlarini moslashuvchanligi hamda motivatsion, intellektual, irodaviy va hissiy sifatlarni o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. raqamli ta’lim muhitida korporativ hamkorlik asosida talabalarni kasbga tayyorlash jarayonini pedagogik loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
raqamli ta’lim muhitida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarini tpedagogik imkoniyatlari tafakkur dinamikasi, bosqich nazariyalarining chegaralari, o‘z-o‘zini nazorat qilish, ijodkorlik, motivatsiya, maqsadni belgilash, ijtimoiy kontekstlarni moslashtirish hamda sub’ekt-sub’ekt aloqadorligini formativ va summativ baholash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik web-dizayn” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0239 raqamli nashr ruxsatnomasi). Mazkur kompetensiyalar tizimi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish hamda takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda korporativ hamkorlik jarayonini pedagogik loyihalashtirish modeli kvantlash, to‘laqonlilik, ko‘rgazmalilik, erkin boshqarish, moslashuvchanlik, kompyuter ko‘magi mazmunini kasbiy faoliyatga vizual loyihalashtirish hamda konstruktorlik dasturlarini ishlab chiqarish sohasiga kasbiy transformatsiyalashning tarkibiy tuzilmasi va funksional talablari uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik web-dizayn” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0239 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Pedagogik Web-dizayn” fanini o‘qitishda nazariy va amaliy ishlanmalar elektron ta’lim resurslar, o‘quv-metodik tavsiyalar mazmunida o‘z aksini topgan va asosiy adabiyot sifatida oliy ta’lim tizimida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda qo‘llanilgan.
“Fan-ta’lim-ishlab chiqarish hamkorligi”ni loyihalashtirish jarayonlari o‘zaro aloqa tizimlari, motivatsion, intellektual, refleksiv, irodaviy sifatlar, ijtimoiy kontekslar hamda motivatsion-intellektual va amaliy faoliyatli vaziyatlarni kasbiy transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik web-dizayn” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0239 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada OTM va korxona hamkorligi amaliyotda tajribadan o‘tkazildi va malakali kadrlar etkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda korporativ hamkorlikni pedagogik loyihalashtirish tarkibiy tuzilmasi tashkiliy-didaktik shart-sharoitlari metodik PMBoK (Project Management Body of Knowledge) texnologiya va ta’limda ochiq ta’lim dasturlari, akademik axborot tizimlari, www.ajou.ais.uz, Smart technology ta’minoti hamda ma’naviy-o‘zgartiruvchi hayotiy faoliyat va zamonaviy ta’lim sharoitini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar zamonaviy ta’limda “Fan-ta’lim-ishlab chiqarish hamkorligi” muammolari, ta’limda nazariy bilimlarni vizuallashtirish orqali ishlab chiqarish sohasiga translatsiya qilish, ta’limda autsorsing davlat-xususiy sheriklik mexanizmi bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat texnika universitetida bajarilgan IZ-202011162 raqamli «Bo‘lajak muhandis-kadrlarni masofaviy o‘qitish va uning natijalarini «SMART» texnologiyasi yordamida baholashning dasturiy ta’minotini yaratish» nomli grant doirasida belgilangan vaziflarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 1 dekabrdagi 02-074327/04 son dalolatnomasi). Natijada Raqamli texnologiyalar muhitida ta’limda korporativ hamkorlik jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash innovatsion kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda Agile loyihalarni boshqarish tizimi elementlaridan faoliyat turlarini moslashuvchanligi hamda motivatsion, intellektual, irodaviy va hissiy sifatlarni o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan tavsiyalar “Pedagogik web-dizayn” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0239 raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada oliy ta’lim muassasasi va korxona xamkorligida kasbga tayyorlashda talabalarning ta’lim samaradorligi oshirishga erishilgan.