Qayumova Shoxsanam To‘lqin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3127.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor, Isakulova Nilufar, pedagogika fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish  boshlang‘ich ta’limda o‘qitilayotgan fanlarga kiritilgan yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasini hisobga olib, ijodiy yondashuvli faoliyatini individuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli o‘zini o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish, pedagogning shaxsiy-motivatsion yo‘nalganligiga ustuvorlik berish hamda ularning kreativ qobiliyatlarini rivojlantiruvchi didaktik-o‘yinli topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligi ikki yoki undan ortiq manbalardagi ma’lumotlarni birlashtirish, ma’lumotlar asosida xulosalar chiqarishni o‘rgata olish hamda  kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlarining natijadorligini ta’minlashga qaratilgan ishchan integratsion-didaktik muhitni yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga o‘rgatish jarayoni integrativ-fasilitatsion ta’lim strategiyalariga doir o‘quv topshiriqlarining intensiv majmuasini rivojlantiruvchi maqsadga mos ravishda bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish  boshlang‘ich ta’limda o‘qitilayotgan fanlarga kiritilgan yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasini hisobga olib, ijodiy yondashuvli faoliyatini individuallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-098 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish shart-sharoitlarini tahlil qilish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli o‘zini o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish, pedagogning shaxsiy-motivatsion yo‘nalganligiga ustuvorlik berish hamda ularning kreativ qobiliyatlarini rivojlantiruvchi didaktik-o‘yinli topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166 son buyrug‘iga asosan berilgan 166-098 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitish metodikasini rivojlantirishning modelini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligi ikki yoki undan ortiq manbalardagi ma’lumotlarni birlashtirish, ma’lumotlar asosida xulosalar chiqarishni o‘rgata olish hamda  kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlarining natijadorligini t’minlashga qaratilgan ishchan integratsion-didaktik muhitni yaratish asosida takomillashtirilgan yuzasidan tavsiyalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-098 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bosqichlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga o‘rgatish jarayoni integrativ-fasilitatsion ta’lim strategiyalariga doir o‘quv topshiriqlarining intensiv majmuasini rivojlantiruvchi maqsadga mos ravishda bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-098 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga an’anaviy kommunikativ metodlarning elektron didaktik vositalar bilan uzviy aloqasini ta’minlash asosida metodik tayyorgarligini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish