Shamuratov Rustam Shaxakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalarida strategik boshqaruv tizimini takomillashtirish», 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD /Ped2367.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sadiev Valijon Alijonovich, falsafa fanlari doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida strategik boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasi strategik boshqaruv usullari ta’limda muddatli harakatlar tizimi, tashqi muhitdagi o‘zgarishlar hamda sub’ektlarning manfaatlariga yo‘naltirilgan ijodiy salohiyatni didaktik maqsad tamoyillaria strategik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarini boshqarish modeli o‘zgarmas-ierarxik xarakterdagi, o‘quv faoliyatining turlari, uzoq muddatli ta’lim natijalariga erishishga qaratilgan maqsad, nazariy asoslar, darajalar, bosqichlar, strategik tashabbuslar hamda ta’lim samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘zaro adaptiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasini strategik boshqarish steykxolderlarni baholash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi munosabatlarni gradatsiyalash hamda innovatsiyalar va axborotlashtirish bo‘yicha ta’lim jarayonini subektlarining strategik tashabbuslarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasining boshqaruv jarayonlari algoritmi strategik rejalashtirish, inson resurslari hamda marketing va moliyaviy infratuzilmani tashqi va ichki strategik faoliyatini baholash indikatorini uzluksiz va dinamik ravishda kiritib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida strategik boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasasi strategik boshqaruv usullari ta’limda muddatli harakatlar tizimi, tashqi muhitdagi o‘zgarishlar hamda sub’ektlarning manfaatlariga yo‘naltirilgan ijodiy salohiyatni didaktik maqsad tamoyillaria strategik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Innovatsion menejment” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i asosida berilgan 359-287 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada hozirgi zamon talablari asosida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga mos ta’lim sifati boshqaruvining pedagogik imokniyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarini boshqarish modeli o‘zgarmas-ierarxik xarakterdagi, o‘quv faoliyatining turlari, uzoq muddatli ta’lim natijalariga erishishga qaratilgan maqsad, nazariy asoslar, darajalar, bosqichlar, strategik tashabbuslar hamda ta’lim samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘zaro adaptiv integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Innovatsion menejment” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i asosida berilgan 359-287 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’lim tashkilotlarining boshqarish tizimining rivojlantirish tendensiyalari va davlat oliy ta’lim muassasalarining strategik modelini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasasini strategik boshqarish steykxolderlarni baholash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi munosabatlarni gradatsiyalash hamda innovatsiyalar va axborotlashtirish bo‘yicha ta’lim jarayonini subektlarining strategik tashabbuslarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 16 iyundagi 02-071629/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari ish faoliyatida tizimli yondashuvni ko‘zda tutuvchi hamda startegik boshqarish tizimini loyihalashtirish algoritmini yanada rivojlantirishga imkoniyatlar yaratilgan;
oliy ta’lim muassasasining boshqaruv jarayonlari algoritmi strategik rejalashtirish, inson resurslari hamda marketing va moliyaviy infratuzilmani tashqi va ichki strategik faoliyatini baholash indikatorini uzluksiz va dinamik ravishda kiritib borish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Innovatsion menejment” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i asosida berilgan 359-287 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasining muvozanatlashtirilgan asosiy ko‘rsatkichlari tizimi va uning qo‘llash samaradorligini baholash mexanizmini samaradorligiga erishilgan.