Baxriev Axmad Raxmatovichning 
fan doktori (DSs) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktab repertuari asosida 5-7 sinf o‘quvchilarida musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped298. 
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ma’murov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktab repertuari asosida 5-7 sinf o‘quvchilarida musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5-7 sinf o‘quvchilarida musiqiy tinglovchilik madaniyati musiqiy ta’lim maqsadlariga kompleks yondashuvning adaptiv texnologiyalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning didaktik imkoniyatlari va ritmik mazmuniga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
musiqiy tinglovchilik madaniyatining pedagogik imkoniyatlari ko‘rgazmali-obrazli tafakkur darajasida fikrlash, badiiy-estetik mazmunni anglash, taassurotlarni solishtirish, o‘zaro qiyoslash va tekshirish, emotsional ta’sir imkoniyatlarini nazorat qilish jarayonini pragmatik jihatdan uzluksiz rivojlantirib borish asosida takomillashtirilgan;
“Musiqa madaniyati” fanini o‘qitishda musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish jihatlarining individual-psixologik, motivatsion-emotsional, irodaviy xususiyatlar hamda o‘quvchi tinglash faoliyatining variativligiga umumbadiiy sifatlarni tadrijan moslashtirib borish asosida takomillashtirilgan;
5-7 sinf o‘quvchilarida musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli tinglash faoliyatini tashkil etishning metodologik, me’yoriy-yo‘naltiruvchi, konseptual-maqsadli, tashkiliy-funksional hamda amaliy faoliyat va natijaviy-baholash bloki ierarxiyasini musiqiy bilimlarning konseptual asoslariga uyg‘unlashtirish  asosida takomillashtirilgan;
musiqiy tinglovchilik madaniyati rivojlanishi jarayoni ilmiy, didaktik va texnologik ta’minlashga asoslangan modelni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydigan  didaktik o‘yinlarni o‘z ichiga olgan motivatsion bosqichni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab repertuari asosida 5-7 sinf o‘quvchilarida musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:  
55-7 sinf o‘quvchilarida musiqiy tinglovchilik madaniyati musiqiy ta’lim maqsadlariga kompleks yondashuvning adaptiv texnologiyalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning didaktik imkoniyatlari va ritmik mazmuniga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Kasbiy psixologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i asosida berilgan 394-171 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktab repertuari asosida 5-7 sinf o‘quvchilarining musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlashtirishda ilmiy-nazariy yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan; 
musiqiy tinglovchilik madaniyatining pedagogik imkoniyatlari ko‘rgazmali-obrazli tafakkur darajasida fikrlash, badiiy-estetik mazmunni anglash, taassurotlarni solishtirish, o‘zaro qiyoslash va tekshirish, emotsional ta’sir imkoniyatlarini nazorat qilish jarayonini pragmatik jihatdan uzluksiz rivojlantirib borish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 16 noyabrdagi 02-07-4088/04-son dalolatnomasi). Natijada 5-7 sinf o‘quvchilarida maktab repertuaridagi turli shakl va janrga xos asarlarning badiiy-estetik mazmunini adekvat anglashga yo‘naltirilgan musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
“Musiqa madaniyati” fanini o‘qitishda musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish jihatlarining individual-psixologik, motivatsion-emotsional, irodaviy xususiyatlar hamda o‘quvchi tinglash faoliyatining variativligiga umumbadiiy sifatlarni tadrijan moslashtirib borish asosida takomillashtirish  yuzasidan ma’lumotlar “Kasbiy psixologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i asosida berilgan 394-171 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirishning intonatsion yondashuvga asoslangan didaktik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi ortgan;
5-7 sinf o‘quvchilarida musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli tinglash faoliyatini tashkil etishning metodologik, me’yoriy-yo‘naltiruvchi, konseptual-maqsadli, tashkiliy-funksional hamda amaliy faoliyat va natijaviy-baholash bloki ierarxiyasini musiqiy bilimlarning konseptual asoslariga uyg‘unlashtirish  asosida takomillashtirishga oid takliflar “Kasbiy psixologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i asosida berilgan 394-171 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktab repertuari asosida o‘quvchilarda musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
musiqiy tinglovchilik madaniyati rivojlanishi jarayoni ilmiy, didaktik va texnologik ta’minlashga asoslangan modelni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydigan  didaktik o‘yinlarni o‘z ichiga olgan motivatsion bosqichni kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 16 noyabrdagi 02-07-4088/04-son dalolatnomasi). Natijada maktab repertuari asosida 5-7 sinf o‘quvchilarida musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish