Jabborova Dilafro‘z Ergashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotshunosligida Cho‘lpon ijodi talqinlari (she’riyati va nasriy asarlari misolida)”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/ Fil29.
Ilmiy rahbar: Qahramonov Qurdosh Yalg‘ashevich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti. DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponetlar: Nazarov Baxtiyor Aminovich, filologiya fanlari doktori, akademik; Umurov Hotam Ikramovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: hozirgi o‘zbekadabiyotshunosligidagi cho‘lponshunoslikka oid tadqiqotlarni yaxlit tizim sifatida tadqiq etish asnosida ijodkor mahoratini ochishdagi konseptual yondashuv va usullarning yangilanish tamoyillarini asoslab berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Cho‘lpon hayoti va ijodiy merosini baholashda umumbashariy g‘oyalar va milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan yondashish, jahon adabiyotshunosligiga xos ilg‘or yondashuv va metodlar asosida tadqiqotlar olib borish istiqlol davri o‘zbek adabiyotshunosligining asosiy xususiyatlari sifatida baholangan;
Cho‘lpon ijodiga doir ijtimoiy-estetik va biografik talqinlar shoir she’riyatining badiiy yuksakligi, obrazliligi, ramziyligi, poetik serqatlamliligi hamda davr ruhini ifodalashdagi muhim o‘rni ochib berilgan;
Cho‘lpon ijodiga oid turli bahs-munozaralar qiyosiy aspektida baholanib, istiqlol davri adabiyotshunosligida yuzaga kelayotgan ijobiy tendensiya – hurfikr (plyuralistik) ilmiy yondashuvlar sifatida dalillangan;
“Kecha va kunduz” romanining F.Kafka va A.Kamyu romanlari bilan qiyosiy-tipologik tahlili umuminsoniy g‘oyalar Cho‘lpon asarining jahon romanchiligida tutgan yuksak mavqeini ko‘rsatuvchi omillar sifatida yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Istiqlol davri adabiyotshunosligida Cho‘lpon ijodini o‘rganishning yangilangan ilmiy-nazariy asoslarini, yetakchi tamoyillarini aniqlash, shoir ijodini jahon adabiyotshunosligiga xos ilg‘or metodlar asosida tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
Cho‘lpon va o‘zbek adabiyotining taraqqiyoti, «Kecha va kunduz» romanining qiyosiy-tipologik talqiniga doir xulosalardan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining FA-F1-G040-raqamli «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir» mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 15 dekabrdagi FTA-02-11/1307-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash shoir she’riyati va nasri poetikasini madaniy-tarixiy, qiyosiy-tipologik, biografik va struktural metodlar asosida tadqiq etishni umumlashtirish va aniqlashtirishga xizmat qilgan;
ma’rifiy tadbirlarda, xususan, Cho‘lpon nasri, uslubi va badiiyati masalasiga doir ilmiy-amaliy seminar materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2017 yil 5 dekabrdagi 01-03/1065-son ma’lumotnomasi). Natijada Cho‘lpon ijodi zamonaviy ruhda talqin etilgan dissertatsiyada ilgari surilgan xulosalar orqali o‘zbek tanqidchiligining yangi bosqichga ko‘tarilayotganligi ko‘rsatib berilgan;
istiqlol yillarida o‘zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidchiligida shakllangan zamonaviy ruhdagi ilmiy-nazariy qarashlar, shu jumladan,Cho‘lpon ijodiga oid adabiy-tanqidiy materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Unutilmas siymolar» va «Dunyo adabiyoti» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan, ko‘rsatuvlar tadqiqotchi tomonidan tavsiya etilgan fikrlar bilan boyitilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 1 martdagi 01-01/122-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlagan hamda Cho‘lpon ijodining keng targ‘ib qilinishiga erishilgan.