Djuraeva Anora Zapparovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati”, 12.00.07 - sud hokimiyati. prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu252.
Ilmiy rahbar: Fayziev Shoxrud Farmonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Alimjan Atabaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Djuraev Ixtiyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi bosqichida bola huquqlari kafolatlarini yanada mustaxkamlash hamda milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish sababli bolalarning qonuniy vakillari ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni ta’qiqlash zarurligi asoslab berilgan;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning institutsional va huquqiy asoslariga ko‘ra bolalarga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazish, ko‘rsatma berishga yoki aybini tan olishga majburlashni ta’qiqlash lozimligi isbotlangan;
bolalar orasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish sababli huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarni baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish zarurligi asoslab berilgan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dasturlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi, ularning ijrosi ustidan qat’iy prokuror nazoratini tashkil etishga bo‘lgan zaruratning mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan: 
sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi bosqichida bola huquqlari kafolatlarini yanada mustaxkamlash hamda milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish sababli bolalarning qonuniy vakillari ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni ta’qiqlash zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-587-son Qonuni 2-moddasi 2-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 9 noyabrdagi “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” Qo‘mitasining 32-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bola huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirilishiga xizmat qilgan;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning institutsional va huquqiy asoslariga ko‘ra bolalarga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazish, ko‘rsatma berishga yoki aybini tan olishga majburlashni ta’qiqlash zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-587-son Qonuni 2-moddasi 2-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 9 noyabrdagi “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” Qo‘mitasining 32-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi bolaga har qanday ta’sir o‘tkazishni ta’qiqlashga xizmat qilgan;
bolalar orasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish sababli huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarni baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-542-son Qonuni 29-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 8 noyabrdagi “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” Qo‘mitasining 31-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning huquqiy asoslarini belgilashga xizmat qilgan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dasturlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi, ularning ijrosi ustidan qat’iy prokuror nazoratini tashkil etishga bo‘lgan zaruratning mavjudligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 15 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonuni 20-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 8 noyabrdagi “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” Qo‘mitasining 31-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning to‘liq va sifatli bajarilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish