Maripova Sevarxon Aribjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fuqarolik protsessida mediatsiyani qo‘llash: qiyosiy-huquqiy tahlil”, 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Xo‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Yu 431.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tillabaev Mirzatilla Alisherovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilolovich, yuridik fanlar doktori, professor; Olimova Kamila Kamaliddinovna yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik protsessida mediatsiyani qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda qiyosiy-huquqiy tahlil  etish asosida mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mediatsiyani sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llash, mediatsiya sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilgan taqdirda faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi mediatorning albatta ishtirok etishi talab etilishi asoslantirilgan;
qonun bo‘yicha mediator bo‘lishga qo‘yilgan cheklovdan notariuslar mustasno ekanligi haqidagi taklifi asoslantirilgan;
yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish yuzasidan murojaat etish muddatining o‘tishi yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko‘rib chiqish davrida to‘xtatib turilishi asoslantirilgan;
yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari jamoaviy mehnat nizosini dastlab yarashtirish komissiyasida, unda kelishuvga erishilmaganda esa mehnat arbitrajida, shuningdek taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra mediatsiya tartib-taomillarini qo‘llagan holda tadrijiy hal etishdan (tartibga solishdan) iboratligi asoslantirilgan;
profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari uchun yosh davrlari psixologiyasi, deviant xulq-atvor psixologiyasi, profilaktikasi va korreksiya asoslari,  ijobiy psixologiya, konfliktologiya va mediatsiya sohalarida malaka oshirish bo‘yicha trening kurslari tashkil etish lozimligi asoslantirilgan;
mediatorlarni tayyorlash hamda intellektual ulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari bevosita  yoki masofaviy shakllarda tashkil etish, shuningdek, mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etishda vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlarning byujetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, tinglovchilar tomonidan o‘quv kuslarida o‘qish uchun shartnoma asosida to‘lanadigan mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni belgilash zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
mediatsiyani sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llash, mediatsiya sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilgan taqdirda faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi mediatorning albatta ishtirok etishi talab etilishiga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 iyulda qabul qilingan «Mediatsiya to‘g‘risida»gi O‘RQ-482-sonli Qonunida 15-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 10 maydagi 02/6-09-9-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar mediatsiya tartib-taomilini qo‘llash doirasini kengaytirishga va bu bosqichda professional mediator ishtirokining ta’minlashgga xizmat qilgan;
qonun bo‘yicha mediator bo‘lishga qo‘yilgan cheklovdan notariuslar mustasno ekanligi haqidagi taklifi  O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 iyulda qabul qilingan «Mediatsiya to‘g‘risida»gi O‘RQ-482-sonli Qonuni 12-moddasi beshinchi qismining ikkinchi xatboshisin ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 10 maydagi 02/6-09-9-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 23 maydagi 06-13/17-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi notariuslarning mediatorlik faoliyatini amalga oshirishlarini ta’minlashga xizmat qilgan;  
yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish yuzasidan murojaat etish muddatining o‘tishi yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko‘rib chiqish davrida to‘xtatib turiladi mazmundagi taklifi 2022 yil 17 mart O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 554-moddasi uchinchi qismida e’tiborga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 23 maydagi 06-13/17-son dalolatnomasi). Ushbu taklif yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko‘rib chiqish davrida muddatning to‘xtatib turilishiga xizmat qilgan;
yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari jamoaviy mehnat nizosini dastlab yarashtirish komissiyasida, unda kelishuvga erishilmaganda esa mehnat arbitrajida, shuningdek taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra mediatsiya tartib-taomillarini qo‘llagan holda tadrijiy hal etishdan (tartibga solishdan) iboratligiga doir taklifi 2022 yil 17 mart O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 570-moddasi birinchi qismida e’tiborga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 23 maydagi 06-13/17-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning tadbiq etilishi jamoaviy mehnat nizosini yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari asosida dastlab yarashtirish komissiyasida, unda kelishuvga erishilmaganda esa mehnat arbitrajida, shuningdek taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra mediatsiya tartib-taomillarini qo‘llagan holda hal etishga xizmat qilgan;
profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari uchun yosh davrlari psixologiyasi, deviant xulq-atvor psixologiyasi, profilaktikasi va korreksiya asoslari,  ijobiy psixologiya, konfliktologiya va mediatsiya sohalarida malaka oshirish bo‘yicha trening kurslari tashkil etishga oid taklifi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining etinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 6 iyundagi 12/21-41-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning tadbiq etilishi profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari uchun yosh davrlari psixologiyasi, deviant xulq-atvor psixologiyasi, profilaktikasi va korreksiya asoslari,  ijobiy psixologiya, konfliktologiya va mediatsiya sohalarida malaka oshirish bo‘yicha trening kurslari tashkil etishlishiga xizmat qilgan;
mediatorlarni tayyorlash hamda intellektual ulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari bevosita  yoki masofaviy shakllarda tashkil etish, shuningdek, mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etishda vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlarning byujetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, tinglovchilar tomonidan o‘quv kuslarida o‘qish uchun shartnoma asosida to‘lanadigan mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni belgilash zarurligiga oid taklifi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 6 apreldagi 189-sonli qarorning uchinchi bandi beshinchi xatboshisi hamda beshinchi bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 6 iyundagi 12/21-41-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning tadbiq etilishi  mediatorlarni tayyorlash hamda intellektual mulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari bevosita  yoki masofaviy shakllarda tashkil etish, shuningdek, mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etishda vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlarning byujetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, tinglovchilar tomonidan o‘quv kuslarida o‘qish uchun shartnoma asosida to‘lanadigan mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish