Sattorov Nurbek Abdurazzoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX-XXI asr ilmiy tadqiqotlarida o‘zbek xalqi etnogenezi masalalarining yoritilishi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari) va 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Tar1148.
Ilmiy rahbar: Ahmadali Asqarov, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.  
Rasmiy opponentlar: Uljaeva Shoxistaxon Mamajonovna, tarix fanlari doktori, professor; Djumaniyazova Feruza Djumanazarovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlvt universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalqi etnogenezi to‘g‘risida XX asr va XXI boshlarida yaratilgan ilmiy adabiyotlar asosida ilmiy qarashlarning shaklllanishi va rivojlanish jarayonini, ularning ilmiy natijalarini, yakuniy xulosalarini aniqlash, bo‘lajak tadqiqotlar vazifasini, yo‘nalishini belgilash, mavzuning tarixi tarixshunosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har bir xalq etnogenezini o‘rganishda muayyan xalqning hozirgi tili, jismoniy antropologik tipi va o‘tmishda unga tegishli moddiy madaniyati yozma manbalarning etarli darajada emasligi tufayli, muammo echimini topishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
o‘zbek xalqi etnogenezi monogenez asosida qurilmagan, balki ko‘p etnik komponentli, ya’ni asosan qadim eroniy (sug‘diy, boxtariy, xorazmiy) hamda prototurkiy va turkiy etnik komponentlardan tashkil topganligi to‘g‘ri ekanligi isbotlanib, V.Bartol`d, Yu.Bregel va ularning izdoshlarini bu masaladagi qarashlari noto‘g‘ri ekanligi dalillangan;
fan olamida avtoxtonlik nazariyasi ilk bor akademik N.Marr nazariyasi ekanligi aniqlanib, A.Yu.Yakubovskiy esa ushbu konsepsiyani o‘zbek xalqining kelib chiqishi muammosining ilmiy echimini topishda qo‘llaganligiga aniqlangan;
o‘zbek xalqi etnogenezini  turli yondashuvlarda  o‘rgangan olimlarning ilmiy ishlarini tarixshunoslik tahlili orqali o‘zbek xalqi etnogenez bosqichining shakllanish davriy sanasi, hududiy doirasi va etnik ildizi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX-XXI asr ilmiy tadqiqotlarida o‘zbek xalqi etnogenezi masalalarining yoritilishi mavzusi hamda unga oid ishlab chiqilgan ilmiy tahlil natijalari va amaliy takliflardan:
har bir xalq etnogenezini o‘rganishda muayyan xalqning hozirgi tili, jismoniy antropologik tipi va o‘tmishda unga tegishli moddiy madaniyati yozma manbalarning etarli darajada emasligi tufayli, muammo echimini topishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi isbotlanganligi va o‘zbek xalqi etnogenezi monogenez asosida qurilmagan, balki ko‘p etnik komponentli, ya’ni asosan qadim eroniy (sug‘diy, boxtariy, xorazmiy) hamda prototurkiy va turkiy etnik komponentlardan tashkil topganligi to‘g‘ri ekanligi ilmiy adabiyotlar tahlilida isbotlanib, V.Bartol`d, Yu.Bregel va ularning izdoshlarini bu masaladagi qarashlari noto‘g‘ri ekanligi dalillanganliki kabi ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali” DUK qoshidagi “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 29 avgustdagi 486-23-4427-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar keng xalq ommasini o‘zbek xalqi ztnogenezi tarixi, shakllanish davriy sanasi, hududiy doirasi va etnik ildizi to‘g‘risida bilimlarini yanada oshirishga xizmat qilgan;
fan olamida avtoxtonlik nazariyasi ilk bor akademik N.Marr nazariyasi ekanligi aniqlanib, A.Yu.Yakubovskiy esa ushbu konsepsiyani o‘zbek xalqining kelib chiqishi muammosining ilmiy echimini topishda qo‘llaganligiga aniqlanishi va o‘zbek xalqi etnogenezini  turli yondashuvlarda  o‘rgangan olimlarning ilmiy ishlarini tarixshunoslik tahlili orqali o‘zbek xalqi etnogenez bosqichining shakllanish davriy sanasi, hududiy doirasi va etnik ildizi ko‘rsatib berilishi kabi ilmiy ma’lumotlar  Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan I-OT-2019-13 “Uchtepa buloqmozor majmuasi arxeologik yodgorliklarini o‘rganish va ularni “Moviy osmon ostidagi  muze”ga aylantirish” mavzusidagi granti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 noyabrdagi 02/07-4027/04-son ma’lumotnomasi). Natijada “XX-XXI asr ilmiy tadqiqotlarda o‘zbek xalqi etnogenezi masalalarining yoritilishi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot kelgusida arxeologik ob’ektlarni tadqiq etish, tarixshunoslik mavzusidagi ilmiy ishlarni o‘rganishda namuna sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish