Abdullaev Diyorjon Nodirjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda mukofotlash tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tar109.
Ilmiy rahbar: Ismailova Jannatxon Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Normurod, falsafa fanlari doktori, professor; Mavrulov Abduhalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor; Xoliqova Rahbarxon Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mukofotlash tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda mukofotlash-rag‘batlantirish tizimi qadimdan boshlab ma’lum bir an’ana, urf-odat va qonun-qoidalarga asoslanganligi hamda bu hukmdor, mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilganligi, qilich, xanjar, kiyim-bosh, er-mulklar dastlabki mukofotlash vositasi sifatida qo‘llanilganligi isbotlangan;
Amir Temur va temuriylar davrida mukofotlash-rag‘batlantirish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lganligi hamda har qanday shaxs ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar yaxshi xizmatlari uchun rag‘batlantirilganligi, XVI-XIX asrlarda davlat oldidagi xizmatlari uchun ayrim shaxslarga nafaqat er-mulklar taqdim qilish balki turli unvon, mansablar berish, in’om va hadyalarni daraja pog‘onalarga ajratish mukofotlash-rag‘batlantirish tizimida asosiy indikator vazifasini o‘taganligi ochib berilgan;
mukofotlash-rag‘batlantirish tizimiga tegishli dastlabki g‘arb faleristik belgilari Buxoro amirligida yaratilganligi, mustamlaka tuzumi davrida Turkistonda mahalliy va mahalliy bo‘lmagan aholi qatlamlarini taqdirlash ishlari hukmron doira vakillarining siyosiy talablaridan kelib chiqib, tub joy aholisi manfaatlarini cheklash yo‘li bilan amalga oshirilganligi dalillangan;
sovet davrida mukofotlash asosan ittifoq miqyosidagi orden va medallar, faxriy unvon va yorliqlar hamda ko‘p bolali onalarni taqdirlash kabi uchta yo‘nalishda amalga oshirilgan bo‘lib, bu sohada mavjud bo‘lgan mahalliy xalqlarning potensial imkoniyatlari to‘liq hisobga olinmaganligi va mustabid tuzumning yakkaxukmronlik maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan Markaz tomonidan surunkali va haddan tashqari ko‘p taqdirlash holatlari shu davrdagi hukmron siyosiy mafkurani mustahkamlashga xizmat qilganligi dalillangan;
mustaqil O‘zbekistonning barcha taraqqiyot bosqichlarida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga ibratli xissa qo‘shgan vatandoshlarimizni mustaqillik davrida ta’sis etilgan oliy unvon, fahriy unvon, orden, medal`, fahriy yorliqlar bilan taqdirlash tizimi mazmuni va shakli milliyligining rivojlangan demokratik davlatlar tajribalari bilan uyg‘unlashayotganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda mukofotlash tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini tadqiq etishga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, natija va takliflar asosida:
O‘zbekistonda mukofotlash-rag‘batlantirish tizimi qadimdan boshlab ma’lum bir an’ana, urf-odat va qonun-qoidalarga asoslanganligi hamda bu hukmdor, mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilganligi, qilich, xanjar, kiyim-bosh, er-mulklar dastlabki mukofotlash vositasi sifatida qo‘llanilganligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvining ayrim sonlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 486-37-479-son ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan ma’lumotlar ko‘rsatuv sonlarining mazmunini to‘ldirish hamda ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Amir Temur va temuriylar davrida mukofotlash-rag‘batlantirish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lganligi hamda har qanday shaxs ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar yaxshi xizmatlari uchun rag‘batlantirilganligi, XVI-XIX asrlarda davlat oldidagi xizmatlari uchun ayrim shaxslarga nafaqat er-mulklar taqdim qilish balki turli unvon, mansablar berish, in’om va hadyalarni daraja pog‘onalarga ajratish mukofotlash-rag‘batlantirish tizimida asosiy indikator vazifasini o‘taganligini ochib berish bilan bog‘liq ilmiy xulosa va materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan barcha mutaxassisliklar uchun tavsiya etilgan “Muzeyshunoslik” darsligini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buyrug‘iga binoan 388-353 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada olingan ilmiy xulosa va materiallar darslikning 3-4 hamda 7-9-mavzularini ilmiy-nazariy va manbaviy jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
mukofotlash-rag‘batlantirish tizimiga tegishli dastlabki g‘arb faleristik belgilari Buxoro amirligida yaratilganligi, mustamlaka tuzumi davrida Turkistonda mahalliy va mahalliy bo‘lmagan aholi qatlamlarini taqdirlash ishlari hukmron doira vakillarining siyosiy talablaridan kelib chiqib, tub joy aholisi manfaatlarini cheklash yo‘li bilan amalga oshirilganligini dalillashga oid ilmiy natija va xulosalardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasining “O‘zbek xonliklari (XVI-XIX asrlar)” hamda “XIX-XX asrlarda O‘zbekiston” bo‘limlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 6-dekabrdagi 3/1255-3067-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natija va xulosalarning qo‘llanishi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi fondlari va ekspozisiyalarini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga hamda tashrif buyuruvchilarning mukofotlash tizimi, yurtimiz mukofotlari tarixiga doir bilimlarini kengaytirishga xizmat qiladi;
sovet davrida mukofotlash asosan ittifoq miqyosidagi orden va medallar, faxriy unvon va yorliqlar hamda ko‘p bolali onalarni taqdirlash kabi uchta yo‘nalishda amalga oshirilgan bo‘lib, bu sohada mavjud bo‘lgan mahalliy xalqlarning potensial imkoniyatlari to‘liq hisobga olinmaganligi va mustabid tuzumning yakkaxukmronlik maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan Markaz tomonidan surunkali va haddan tashqari ko‘p taqdirlash holatlari shu davrdagi hukmron siyosiy mafkurani mustahkamlashga xizmat qilganligi xaqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan barcha mutaxasisliklar uchun tavsiya etilgan “Yordamchi tarix fanlari” darsligini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buyrug‘iga binoan 388-348 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada olingan ilmiy ma’lumot va xulosalar darslikning “Poleografiya, semiotika, faleristika” deb nomlangan 4-modul mavzularini ilmiy-nazariy va manbaviy jihatdan boyishiga imkon yaratgan;
mustaqil O‘zbekistonning barcha taraqqiyot bosqichlarida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga ibratli xissa qo‘shgan vatandoshlarimizni mustaqillik davrida ta’sis etilgan oliy unvon, fahriy unvon, orden, medal`, fahriy yorliqlar bilan taqdirlash tizimi mazmuni va shakli milliyligining rivojlangan demokratik davlatlar tajribalari bilan uyg‘unlashayotganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalardan “O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyining “Mukofotlar zali”ni yangi materiallar bilan to‘ldirish va takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2022 yil 21 noyabrdagi 1/264-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqil davlatchilik taraqqiyotini mustahkamlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining yaratilishi muhim omillardan biri bo‘lganligi, shuningdek, inson qadrini ulug‘lash milliy mukofotlash tizimini takomillashtirish orqali o‘z natijasini berayotganligini asoslashga sharoit yaratgan.